Husanov mağlub böldi: Niko ÖRayli — “Mançester Siti”ning aprel oyidagi eng yaxşi futbolçisi
1-05-2026, 08:38
130 марта

Husanov mağlub böldi: Niko ÖRayli — “Mançester Siti”ning aprel oyidagi eng yaxşi futbolçisi
Akademiya tarbiyalanuvçisi uşbu oyning eng yaxşisi böliş uçun kuraşda özbekistonlik Abduqodir Husanov va portugaliyalik Bernardu Silvani ortda qoldirişga muvaffaq böldi. 21 yoşli futbolçi sönggi uç oy içida ikkinçi bor uşbu sovringa loyiq körilmoqda – u fevral oyida ham oyning eng yaxşi öyinçisi deb etirof etilgan edi.

“Bu etirof Angliya terma jamoasi azosi uçun ötayotgan ajoyib mavsumning mantiqiy davomidir. ÖRayli aprel oyi davomida özining texnik mahorati, yuqori energiyasi va taktik moslaşuvçanligi bilan Pep Gvardiola jamoasiga Premer Liga hamda Angliya Kubogi doirasidagi barça beşta öyinda ğalaba qozonişda yordam berdi” deyiladi klub xabarida.Niko, şuningdek, özining gol uriş qobiliyatini namoyiş etdi: u “Çelsi”ga qarşi safarda keçgan muhim bahsda (3:0) hisob oçuvçi golga mualliflik qildi.