Millionlab muxlislar Mbappening “Real”dan ketişini talab qilmoqda
6-05-2026, 16:52
200 марта

Millionlab muxlislar Mbappening “Real”dan ketişini talab qilmoqda
“Real Madrid” muxlislari frantsiyalik hujumçi Kilian Mbappening klubni tark etişini talab qilib petitsiya boşladi. Qisqa vaqt içida uşbu petitsiya katta rezonansga sabab böldi – atigi bir kun içida 12 milliondan ortiq imzo töplandi.Manbaga köra, mazkur petitsiya keça, 5 may kuni boşlangan va hozirgi kunga kelib petitsiyani imzolaganlar soni 12,2 milliondan oşgan.
Malum bölişiça, Mbappening onasi va ayni paytda uning agenti hisoblangan Fayza Lamari “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresga ultimatum qöyişni rejalaştirgan. Unga köra, Lamari klubdan Vinisius Juniorning ketişini talab qilmoqçi.
Manbalarga köra, Mbappe Vinisius va jamoadagi ayrim futbolçilar tomonidan xiyonatga uçragandek his qilmoqda. Biroq hozirça na klub, na futbolçilarning vakillari uşbu malumotni rasman tasdiqlagan. Malumotlarga köra, futbolçilar Mbappening “Barcelona”ga qarşi bölajak öyin oldidan sevgilisi bilan Italiyaga qilgan safaridan norozi bölmoqda.