XORAZMLIK PARA SUZUVÇILAR PARIJDAN IKKI KARRA OLTIN BILAN QAYTDI
6-05-2026, 22:02
144 марта
XORAZMLIK PARA SUZUVÇILAR PARIJDAN IKKI KARRA OLTIN BILAN QAYTDIJoriy yilning 27 aprel — 4 may kunlari Frantsiya poytaxti Parij şahrida para suziş böyiça Jahon seriyasi musobaqasi bölib ötdi. Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan kuçli sportçilar iştirok etgan uşbu nufuzli musobaqada Xorazm viloyati terma jamoasi azolari ham munosib iştirok etdi.
Musobaqa yakunlariga köra, yurtimiz şarafini himoya qilgan ikki nafar sportçi oltin medalga sazovor böldi:
🥇 Azizbek Boynazarov (SSTISM)
🥇 Gulinoza Atanazarova (SSTISM)
Xorazmlik para suzuvçilarning mazkur yutuği nafaqat hudud, balki butun mamlakatimizda para sportni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar samarasi ekanini yana bir bor isbotladi.
Şuningdek, uşbu musobaqa 2028 yilda AQŞning Los-Anjeles şahrida bölib ötadigan Paralimpiya öyinlari uçun reyting oçkolarini taqdim etişi bilan ham ahamiyatlidir.
Mutaxassislar takidlaşiça, bunday natijalar Xorazm para suziş maktabining salohiyati yuqori ekanini körsatib, kelgusida yanada yirik musobaqalarda yuqori örinlarni egallaşga zamin yaratadi.

