“Barselona” – “Real Madrid”: El Klasiko, La Liga tarixi, Valverde va Mbappe
10-05-2026, 20:10
414 марта

“Barselona” – “Real Madrid”: El Klasiko, La Liga tarixi, Valverde va Mbappe
Nafaqat ispan futbolining, balki dunyoning ikki giganti “Barselona” va “Real Madrid” 10 may kuni Ispaniya La Ligasi doirasidagi 264-El Klasiko bahsida töqnaş keladi. Bu mumtoz töqnaşuv har galgidek dunyoni öziga qaratib, ikkiga bölinişga majbur qilişi esa inkor qilib bölmas haqiqatdir.Bu safargi uçraşuv Kataloniya mezbonligida, ayniqsa keskin muhitda ötişi kutilmoqda. Agar ruhan tuşkun holatdagi, turli içki muammolar girdobida yurgan qirollik klubi özining eng asosiy raqibiga bu safargi bahsda nafaqat mağlub bölişi, balki şu orqali liga çempionligini özlari topşirişi ham mumkin. Albatta, bu qaymoq ranglilarga naqadar alamli bölsa, raqiblarga şu qadar yoqimli holat bölişi turgan gap. Har ikki jamoa ham UEFA Çempionlar ligasida çorak finalda mağlub bölganidan keyin, ulardagi yagona kuraşuv motivi mana şu La Liga çempionligini hal qiluvçi El-Klassiko bölib turibdi. Quyida öyin oldidan asosiy mavzular va 124 yillik raqobat tarixi haqida ozroq töxtalib ötamiz.
Kilian Mbappe “Barselona”ga qarşi öynaydimi?
Kilian Mbappening maydonga tuşiş-tuşmasligi yakşanba kungi öyin atrofida boryotgan asosiy mavzulardan biri bölib turibdi. Frantsiyalik hujumçi son muşaklaridagi jarohat sabab El Klasikoni ötkazib yuboriş ehtimoli katta. 27 yoşli forvard bu mavsum Ispaniya çempionatida 24 gol bilan töpurarlar röyxatini boşqarmoqda. “Malorka” hujumçisi Vedat Muriki 21 ta gol bilan ikkinçi örinda. Mavsumning jarohat sabab yakunlagan “Barselona” futbolçisi Lamin Yamal esa 16 ta gol bilan uçinçi örinda.
Oxirga vaqtlarda tarmoqlarda juda köp muxlislar tomonidan hujumçining klubdan ketişi kerakligi haqida tez-tez ovozlar yangramoqda. “Diktator”ning ketişini istaganlar oz emas. Ular allaqaçon erkin ovozlarini töplab ham qöygan. Hujumçining gollarga boy mavsumi ötyotgan bölsa ham, uni sotib yuborişni talab qiluvçi petitsiya 33 milliondan ortiq imzo töplagan. U ikki mavsum avval Parij klubidan “Real”ga ötgan edi.
Federiko Valverde bilan nima böldi?
Sönggi öyinlarda istalgan pozitsiyasida ham jamoa uçun borini beryotgan Federiko Valverde El Klasikoda aniq iştirok etmaydi. 7 may kuni maşğulot paytidagi janjaldan keyin yarim himoyaçi şifoxonaga yotqizilgan. 27 yoşli urugvaylik futbolçi jamoadoşi Orelen Tçuameni bilan maşğulot paytidagi janjalli töqnaşuvdan keyin boşidan jarohat olgani haqida OAVlar bong urmoqda. Futbolçining özi esa buni rad qilgan. U jamoadoşi bilan kelişmovçilik bölganini tan olgan, ammo jarohat tasodifiy yiqiliş oqibatida ekanini takidlagan.
“Real” voqea böyiça içki tekşiruv boşlanganini malum qildi va har ikki futbolçiga nisbatan intizomiy iş oçdi. Tçuameni Klassikoda öynay olişi yoki yöqligi hozirça nomalum.
Çempionlikka yarim qadam
Alvaro Arbeloa boşqaryotgan “Real” amaldagi çempion Xans-Diter Flik jamoasidan 11 oçko ortda qolmoqda. Mavsum yakuniga esa tört tur qolib, şuning hal qiluvçisi oldindagi El-Klassiko bölib turibdi. Bordiyu, bu mumtozda madridliklar ğalaba qozonolmasa, “Barselona” öz stadionida azaliy raqibini yengib çempionlikni rasman qölga kiritadi.
El Klasiko nima degani?
“El Clasico” atamasi ilk bor 1960 yillarda Ispaniya gazetalarida mamlakatning ikki eng katta klubi örtasidagi öyinlarga nisbatan qöllanilgan. Uning oddiy tarjimasi – “Mumtoz bahs”. Öşa paytdayoq bu uçraşuv sportdagi eng keskin derbilardan biri sifatida qabul qilingan.
Avvalroq “Viejo Clasico” (“Eski klassika”) atamasi “Real Madrid” va “Atletik Bilbao” örtasidagi bahsga nisbatan işlatilgan. Tarixan bu Ispaniya futbolidagi eng köp ötkazilgan uçraşuv bölgan. Keyinçalik “Barselona” mamlakatning eng yirik klublaridan biriga aylangaç, El Klasiko atamasi ommalaşgan.
1990 yillarda raqobat yangi darajaga çiqqan. Yoxan Kroyf boşqargan “Barselona” dunyodagi eng xavfli jamoalardan biri edi. Şu bilan birga, “Real”da Zinedin Zidan, Ronaldo va Devid Bekxem kabi yulduzlar töplangan “Galaktikos” tarkibi şakllangan. Keyinçalik Pep Gvardiola va Joze Mourinyu qarama-qarşiligi, şuningdek Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu raqobati El Klasikoni yanada maşhur qildi.
Birinçi El Klasiko qaçon bölgan?
“Barselona” va “Real Madrid” klublari örtasidagi ilk uçraşuv 1902 yil 13 may kuni Copa de la Coronacion musobaqasida bölib ötgan. Öşa bahsda katalon klubi Madridda Madrid FC (keyinçalik “Real Madrid”)ni 3:1 hisobida mağlub etgan.
Özaro bahsda bu ikki raqiblar bir-biri bilan “quvlaşmaçoq” öynaşini statistik sonlardan ham köriş mumkin.124 yillik raqobat davomida ikki jamoa örtasida 261 uçraşuv ötkazilgan. Ularning 106 tasida qirollik klubi ğalabaga qölga kiritgan bölsa, “Barsa” hisobidagi zafarlar soni 105 ta. Qolgan öyinlarda durrang qayd etilgan
La Liga taxtidagi “qirol” esa öz nomiga mos qirollik klubi – “Real Madrid”. Qaymoq ranglilar öz ligalarida 36 marta çempion bölgan. “Barselona” esa ayni kunlarda 28-çempionlik uçun kuraşmoqda.
El Klasiko tarixida kim eng köp gol urgan?
- Lionel Messi – 26 gol (“Barselona”)
- Alfredo Di Stefano – 18 gol (“Real”)
- Kriştianu Ronaldu – 18 gol (“Real”)
- Karim Benzema – 16 gol (“Real”)
- Raul – 15 gol (“Real”)
- 2026 yil 11 yanvar – Ispaniya Superkubogi finali: “Barselona” 3:2 “Real”
- 2025 yil 26 oktyabr – La Liga: “Real” 2:1 “Barselona”
- 2025 yil 11 may – La Liga: “Barselona” 4:3 “Real”
- 2025 yil 26 aprel – Ispaniya Kubogi finali: “Barselona” 3:2 “Real”
- 2025 yil 12 yanvar – Ispaniya Superkubogi finali: “Real” 2:5 “Barselona”