Husanov “Siti”da mavsumning eng yaxşi futbolçisi mukofotiga nomzod böldi
12-05-2026, 18:34
169 марта

Husanov “Siti”da mavsumning eng yaxşi futbolçisi mukofotiga nomzod böldi
“Mançester Siti” 2025-2026 yilgi mavsum yakunlari böyiça “şaharliklar”ning eng yaxşi futbolçisi mukofoti uçun nomzodlar röyxatini elon qildi. Uşbu röyxatda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov ham örin olgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.Malum bölişiça, “Mançester Citi”da mavsumning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun hozirda 25 ta nomzod nomi körsatilgan. Jamoaning eng yaxşi futbolçisi uçun ovoz beriş jarayoni allaqaçon boşlangan bölib, u joriy yilning 15 mayiga qadar davom etadi. Şundan söng ovoz berişning yakuniy bosqiçiga yöl oladigan uç nafar finalçi aniqlanadi.
Takidlaş joiz, Husanov uşbu mavsum davomida ikki bor – yanvar va mart oylarida “Mançester Siti”da oyning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.
Malumot uçun, ötgan mavsumda mazkur mukofotni xorvatiyalik himoyaçi Yoşko Gvardiol qölga kiritgandi.