Şomurodov Turkiyada mavsum töpurari böldi
18-05-2026, 09:56
138 марта

Şomurodov Turkiyada mavsum töpurari böldi
Joriy yilning 16 may kuni bölib ötgan sönggi tur uçraşuvida “Istanbul Başakşehir” 2:1 hisobida “Gaziantep”ni mağlub etdi. Uşbu bahsda Eldor Şomurodov mavsumdagi 22-golini urdi va töpurarlik poygasida yetakçiga aylandi.Keça, 17 may kuni bölib ötgan öyinda “Trabzonspor” Pol Onuaçu gol ura olmadi va özbekistonlik hujumçini ortda qoldiriş imkoniyatini boy berdi. Nigeriyalik futbolçi sönggi beş uçraşuvda gol ura olmagan bölsa, Şomurodov oxirgi olti öyinda olti bor raqiblar darvozasini işğol qildi.
Şuningdek, Eldor penaltisiz urilgan gollar va “gol+pas” körsatkiçi böyiça ham ligada eng yaxşi natijani qayd etdi. Ikki futbolçi bir xil — 22 tadan gol urgan bölsa-da, qöşimça statistikalar Şomurodovni röyxatda birinçi öringa olib çiqdi.
Şomurodov Yevropa çempionatlarida töpurar bölgan ikkinçi özbek futbolçisiga aylandi. Bungaça Maksim Şatskix 2000 va 2003 yillarda Ukraina çempionati töpurari bölgandi.
Malumot uçun, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Şomurodov töp surayotgan “Istanbul Başakşehir” mavsumni 5-örinda yakunladi. Jamoa keyingi mavsum Yevrokuboklarda iştirok etiş imkoniyatini qöldan çiqardi.