Xorazm sportçilari Jiu-jitsu böyiça jahon çempionatidan medallar bilan qaytdi
21-05-2026, 04:56
49 марта
Xorazm sportçilari Jiu-jitsu böyiça jahon çempionatidan medallar bilan qaytdiJoriy yilning 14–17 may kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida jiu-jitsu böyiça jahon çempionati bölib ötdi. Dunyoning turli mamlakatlaridan kuçli sportçilar iştirok etgan nufuzli musobaqada Xorazm viloyati vakillari ham munosib iştirok etib, yuqori natijalarni qölga kiritişdi.
Musobaqa yakunlariga köra, Urganç tumani sportçisi Xudayberganov Xursandbek oltin medalni qölga kiritib, çempionlik şarafiga erişdi.
Şuningdek, Yangibozor tumani vakili Karimboyev Islombek hamda Urganç tumani sportçisi Duşçanov Ali kumuş medal sohibiga aylandi.
Bronza medallar esa Şomurodov Samandar, Boltoboyev Yusufboy, Razzaqov Jahongir va Madaminov Azizbekka nasib etdi.
Keça çempionat ğolib va sovrindorlari Urganç xalqaro aeroportida tantanali ravişda kutib olindi. Sportçilarni oila azolari, yaqinlari, Xorazm viloyati sport boşqarmasi, sport federatsiyasi xodimlari hamda sport muassasalari masullari qarşi oldi.

Xorazmlik sportçilarning mazkur yutuği viloyat sporti nufuzini yanada oşirişga xizmat qilişi takidlandi.Sportçilarimiz va ularning murabbiylarini uşbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.

