Xorazmlik yoş gandbolçi qizlar jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi
21-05-2026, 13:24
160 марта
Xorazmlik yoş gandbolçi qizlar jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdiQozoğistonning Olmaota şahrida joriy yilning 10–18 may kunlari gandbol böyiça U-16 qizlar jamoalari örtasida Osiyo çempionati bölib ötdi.
Qita miqyosida ilk bor taşkil etilgan nufuzli musobaqada Özbekiston U-16 qizlar terma jamoasi muvaffaqiyatli iştirok etib, musobaqaning kumuş medallarini qölga kiritdi. Mazkur natija orqali terma jamoamiz 2026 yilning 15–24 oktyabr kunlari Marokaşning Agadir şahrida ötkaziladigan gandbol böyiça birinçi jahon çempionatiga yöllanmani ham qölga kiritdi.
Uşbu tarixiy yutuqqa munosib hissa qöşgan xorazmlik yoş sportçilar — Şaydo Matyoqubova, Şabnam Matyoqubova va Maftuna Botirova Urganç temir yöl vokzalida tantanali ravişda kutib olindi.
Qahramon sportçi qizlarni kutib oliş marosimida viloyat sport sohasi mutasaddilari, gandbol federatsiyasi vakillari, trenerlar, öqituvçilar hamda sportçilarning ota-onalari iştirok etdi. Şuningdek, Urganç tumanidagi 19-son umumtalim maktabi jamoasi ham yoş gandbolçilarni samimiy qarşi oldi.
Tadbir davomida sportçi qizlarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati etirof etilib, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolindi.







