Xorazmlik gandbolçi qizlar — Markaziy Osiyo çempionati sovrindorlari!
11-11-2025, 10:54
189 марта
Xorazmlik gandbolçi qizlar — Markaziy Osiyo çempionati sovrindorlari!Joriy yilning 3–10 noyabr kunlari Navoiy şahrida gandbol böyiça 18 yoşgaça bölgan (U–18) qizlar jamoalari örtasida Markaziy Osiyo çempionati bölib ötdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Özbekiston, Tojikiston va Qozoğiston davlatlarining eng kuçli jamoalari iştirok etdi.
Şu bilan birga, Xorazm viloyati terma jamoasi ham mazkur çempionatda munosib iştirok etib, öz mahorati va jipsligi bilan muxlislar etiborini qozondi.
Jamoa asosan Urganç tumani 19-son umumtalim maktabi öquvçilari, Sportning öyin turlari va yengil atletika böyiça ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktabi tarbiyalanuvçilari hamda Urganç RANÇ texnologiya universitetining gandbolçi qizlaridan taşkil topgan.
Mansur Bobojonov va Rustamboy Botirov rahbarligidagi jamoa uşbu yoş toifasida ilk bor iştirok etganiga qaramasdan, yuqori natija qayd etib, kumuş medalni qölga kiritdi.
Bu ğalaba nafaqat gandbolçi qizlarimiz, balki Xorazm sporti uçun ham muhim yutuq böldi. Uşbu natija yoş sportçilarning irodasi, intizomi va jamoaviy hamjihatligining amaldagi ifodasidir.
“Qizlarimizga kelgusidagi musobaqalarda yanada katta zafarlar tilaymiz. Ular yoş bölişlariga qaramasdan, Xorazm sportining şarafini munosib himoya qildilar,” — deyiladi viloyat sport sohasi mutasaddilari fikrida.
Xorazm sporti ösib bormoqda, yoşlar esa yangi çöqqilarni zabt etmoqda!
Manba: Xorazm viloyati terma jamoasi malumotlari asosida
Xorazmbugun.uz tahririyati
