Prezidentimiz futbol böyiça milliy terma jamoa azolari bilan uçraşdi
22-05-2026, 19:14
137 марта
Prezidentimiz futbol böyiça milliy terma jamoa azolari bilan uçraşdi Prezident Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azolari, murabbiylar ştabi, soha faxriylari va sport jamoatçiligi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Davlatimiz rahbari terma jamoaning AQŞ, Meksika va Kanada maydonlarida ötadigan jahon çempionatiga yöllanma olgani xalqimiz uçun tarixiy voqea bölganini takidladi.
Futbol muxlislarimiz bu kunni 34 yil kutdi. Milliy terma jamoa azolari har bir öyinga yuksak masuliyat, vatanparvarlik ruhi va ğalabaga işonç bilan maydonga tuşib, mamlakatimiz futbol tarixida yangi sahifa oçdi.
Prezidentimiz futbolçilar, ularni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylarga minnatdorlik bildirdi.
– Futbolçilarimizni Özbekiston tarixida yangi sahifa oçgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi. Ular xalqimizga olam-olam quvonç bağişladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Uçraşuvda milliy terma jamoaning muvaffaqiyati nafaqat sport sohasi, balki butun jamiyat hayotida katta ruhiy kötarinkilik uyğotgani qayd etildi. Bugun futbolçilar yoşlar uçun haqiqiy namunaga aylandi, sportga qiziqiş yanada ortdi, adabiyot va sanat ahli, tadbirkorlar, keng jamoatçilik bu tarixiy natijadan ilhom olmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi. Joylarda 200 dan ziyod yirik sport inşooti, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari iş boşladi. 1,5 mingdan ortiq mahallada sport maydonçalari qurildi. Poytaxtimizda zamonaviy Olimpiya şaharçasi barpo etildi, Yuqori Çirçiqda Milliy futbol markazi işga tuşirildi. Har bir viloyatda professional futbol akademiyasi va futbol maktablari taşkil qilindi.
Bu işlar natijasida havaskor futbolçilar soni 5 millionga yetdi. Futbol bilan muntazam şuğullanuvçilar 1 million 300 mingdan oşdi, professional futbolçilar 17 ming nafarga yetdi.
Davlatimiz rahbari futbolda oçiq va şaffof tizim yaratilgani, korruptsiya va taniş-bilişçilik kabi illatlarga barham berilişi iqtidorli yoşlarni katta maydonga olib çiqqanini takidladi.
Uçraşuvda futbolni mahallalargaça keng yoyiş, uni yoşlar tarbiyasi, soğlom turmuş tarzi, intizom va vatanparvarlik maktabiga aylantiriş masalalariga alohida etibor qaratildi.
Şu maqsadda “Har bir mahalla – futbol maydoni” dasturi boşlanişi belgilandi. Mazkur taşabbus umummilliy harakatga aylantiriladi.
Dastur doirasida “Mahalla ligasi” taşkil etilib, 12-17 yoşli öğil-qizlar örtasida mahalla futbol jamoalari tuziladi. Har yili havaskor futbolçilar iştirokida “mahalla – tuman – viloyat – respublika” bosqiçlaridan iborat musobaqalar ötkaziladi.
Takidlanganidek, “Mahalla ligasi” eng yaxşi iqtidorlarni saralaşda professional klublar uçun muhim baza bölib xizmat qiladi. Har bir bolaga öz mahallasida futbol bilan şuğullaniş, musobaqalarda iştirok etiş va istedodini namoyon qiliş imkoniyati yaratiladi.
Uçraşuvda milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro boşçiligidagi murabbiylar ştabi faoliyati ham alohida qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Fabio Kannavaroni jahon futbolida katta tajribaga ega mutaxassis sifatida tarifladi. U 2006 yilda Italiya terma jamoasi sardori sifatida jahon çempioni bölgan, öşa yili dunyoning eng yaxşi futbolçisi deb etirof etilib, “Oltin töp” sovrinini qölga kiritgan.
Qayd etilganidek, murabbiylar ştabi futbolçilarning jismoniy tayyorgarligi, intizomi, taktik yondaşuvi va har bir detalga masuliyat bilan qaraş böyiça yangi talablarni joriy etmoqda. Jamoa öyinida töğri pozitsiya tanlaş, yuqori pressing, töp nazorati va tezkor qarşi hujumlar kabi zamonaviy futbol elementlari kuçaymoqda.
Prezidentimiz Fabio Kannavaroni murabbiy sifatida mundialdagi birinçi iştiroki bilan tabriklab, murabbiylar ştabiga muvaffaqiyat tiladi.
Davlatimiz rahbari jahon çempionatida oson öyin bölmasligini, milliy terma jamoa Portugaliya, Kolumbiya va Kongo kabi kuçli jamoalarga qarşi maydonga tuşişini takidladi. Şu bilan birga, futbolçilarimiz allaqaçon tarix yaratgani, endi ular muhim uçraşuvlarda ortiqça bosimsiz, bor kuç-ğayrati bilan Vatan şarafini munosib himoya qilişi zarurligi qayd etildi.
Mundial öyinlarida fan-klublar, minglab futbol muxlislari va Amerikadagi vatandoşlarimiz stadionlarda jamoamizni qöllab-quvvatlaydi.
– El-yurtimiz sizlarga işonadi, Prezident sizlarga işonadi. Boringlar, mardonavor öynanglar, Vatan şarafini munosib himoya qilinglar, – dedi davlatimiz rahbari.
Uçraşuv samimiy va kötarinki ruhda ötdi. Milliy terma jamoaga jahon çempionatida munosib iştirok etiş, yangi zafarlar va omad tilab qolindi.




