Xorazm”dan gollarga boy ğalaba: raqib darvozasiga 6 ta töp kiritildi
24-05-2026, 21:46
580 марта
Xorazm”dan gollarga boy ğalaba: raqib darvozasiga 6 ta töp kiritildiÖzbekiston kubogi 3-turidan örin olgan bahsda “Xorazm” jamoasi safarda “Qoraqalpoğiston FA” ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi.
Uçraşuv 3:6 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi. Gollarga boy keçgan bahsda muxlislar jami 9 ta gol guvohi bölişdi.
“Xorazm” jamoasi safida Danil Nugumanov 10-daqiqada hisobni oçgan bölsa, oradan köp ötmay Rustam Abduhamidov hisobni 0:2 körinişiga olib keldi.
Mezbonlar safida Damir Nizanov penalti orqali javob töpini kiritgan bölsa-da, Bubakar Traore birinçi bölimdayoq jamoasining ustunligini mustahkamladi.
Ikkinçi bölimda esa Azizjon Ahrorov ikki daqiqa içida dubl qayd etib, hisobni yirik körinişga olib keldi.
Uçraşuvning sönggi daqiqalarida ham hujumlar töxtamadi. Damir Nizanov yana ikki bor gol urgan bölsa, “Xorazm” safida Sultonboy Ismoilov ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi.
Şu tariqa, “Xorazm” jamoasi Özbekiston kubogidagi navbatdagi bahsni işonçli ğalaba bilan yakunladi.










