Mundial çiptalari nega rekord darajada qimmatlaşib ketdi?
29-05-2026, 14:34
43 марта

Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino FIFAni “dunyoga baxt ulaşuvçi taşkilot” deya tariflaydi. Ammo, bu yil Şimoliy Amerikada ötadigan Jahon çempionatida bu “baxt” qimmatga tuşişi mumkin, deb yozadiThe Economist.
Mundial guruh bosqiçi öyinlari uçun eng arzon çiptalar narxi örtaça 200 dollarni, final uçraşuvi çiptalari esa kamida 2030 dollarni taşkil etadi. Bu esa 2026 yildagi çempionatni tarixdagi eng qimmat madaniy tadbirga aylantirişi mumkin.

Odatda jahon çempionati öyinlari uçun çiptalar bozor kötara oladigan narxdan ança arzon sotib kelingan. Turnir tarixi davomida talab har doim taklifdan yuqori bölib keladi. Şunday bölsa-da, köproq pul işlaş örniga, FIFA narxlarni oddiy muxlislar sotib oladigan darajada uşlab kelgan va çiptalarni lotereya körinişida tarqatgan. Taşkilot moliyaviy barqarorligi uçun çipta tuşumidan köra, translyatsiya va homiylik huquqlari ança muhimroq ahamiyat kasb etadi.

Bu yil esa vaziyat boşqaça. Ilk bor FIFA çiptalar savdosini mahalliy taşkilotçilarga topşiriş örniga, bevosita öz nazoratiga oldi. Taşkilot “dinamik narxlaş” tizimini joriy qildi, yani talab oşgani sari çiptalar narxi ham kötariladi. Şuningdek, rasmiy qayta sotuv platformasi işga tuşirildi va u yerda xaridor ham, sotuvçi ham amalga oşirilgan savdo uçun 15 foizlik komissiya tölaydi.

Final öyini uçun ayrim çiptalar qayta sotuv bozorida hatto 2 million dollargaça qimmatlaşgan. Beş karra jahon çempioni — Braziliya terma jamoasi muxlislari öz futbolçilarining guruh bosqiçidagi uçta öyinini tomoşa qiliş uçun qayta sotuv bozorida taxminan 3 800 dollar sarflaşiga töğri keladi — bu barça mamlakatlar içida eng yuqori körsatkiç. Hatto Jahon çempionatida ilk bor qatnaşayotgan Kabo-Verde muxlislari ham qariyb 1000 dollar tölaşi kerak. Taqqoslaş uçun, bu yilgi Yevropa Çempionlar ligasi finalining kattalar uçun eng arzon çiptasi 200 dollardan taklif etildi.

The Economist’ning qayt etişiça, FIFAning yangi narx siyosati katta tavakkalga öxşab körinyapti. Birinçidan, çiptalar hali töliq sotib bölingani yöq va mezbon şaharlardagi mehmonxonalar tölmagan. Ayrim öyinlar uçun qayta sotuvdagi narxlar keyinçalik pasayişi mumkin. Ammo çiptalar arzonlaşgunça, köplab muxlislar safarga boriş umididan voz keçiş ehtimoli bor. Energetika inqirozi sabab aviaçiptalar narxi keskin oşib boryapti.
Yuqori narxlar savdo pasayişi oqibatida yuzaga kelgan zararni qoplasa ham, bu FIFAning yanada daromadliroq manbalariga salbiy tasir qilişi mumkin. Töla stadionlar teleekranda öyinlarni jozibador qiladigan şovqin va ajoyib atmosferani yaratadi. Xalqaro futbol federatsiyasi ötgan yil klublar örtasidagi jahon çempionati vaqtida ham noqulay holatga tuşgandi: tomoşabin kam kelgan öyinlarda muxlislar televizion kameralar tomon köçirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, boyroq muxlislar sokinroq bölişadi va stadionda hissiyotlarini kamroq namoyon qiladi. Masalan, 2022 yilgi amerikança futbol ligasi muhiti “korporativ keçki ovqat”ga öxşatilgandi.