JÇ finali çiptalari 2 mln dollardan ortiq narxda elon qilindi
25-04-2026, 19:43
203 марта

JÇ finali çiptalari 2 mln dollardan ortiq narxda elon qilindi
FIFA’ning çiptalarni qayta sotiş saytida Jahon çempionati finali uçun törtta çipta savdoga qöyilgan bölib, ularning har biri deyarli 2,3 million dollarga teng. Bu haqda “Skynews” xabar berdi.Joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi “MetLife Stadium” stadionida bölib ötadigan öyin uçun 2 mln 299 ming 998,85 dollarlik joylar arenaning pastki qavatida, darvoza ortida joylaşgan.
FIFA qayta sotiş/ayirboşlaş maydonçasidagi (Resale/Exçange Marketplace) narxlarni nazorat qilmaydi, biroq har bir çipta xaridoridan 15 foiz va sotuvçidan 15 foiz miqdorida vositaçilik haqi oladi. Bu şuni anglatadiki, agar final çiptalaridan biri 2,3 million dollarga sotilsa, FIFA’ning özi bundan 690 000 dollar foyda köradi.
Final uçun pastki qavatdagi yana bir “standart qulaylik” sifatida körsatilgan joy 207 000 dollarga, eng yuqori (uçinçi) qavatning oxirgi qatoridagi ikkinçi toifali çipta esa 138 000 dollarga sotuvga qöyilgan. Undan bir neça qadam naridagi boşqa bir joy uçun 23 000 dollar söralmoqda.
Joriy yilning 23 aprel kuni saytda final uçun elon qilingan eng arzon çiptalarning narxi darvoza ortidagi eng yuqori qavatning tepadan törtinçi qatoridagi törtta joy uçun 10 923,85 dollarni taşkil etgan. FIFA izoh söralgan elektron xatga hali javob bermagan.
Joriy yilning 22 aprel kuni FIFA özining töğridan töğri çipta sotiş saytida yangi çiptalar bloklarini çiqargan. Final uçun mavjud çiptalar narxi 10 990 dollar etib belgilangan. Taqqoslaş uçun, yanvar oyida final uçun eng qimmat çipta 230 000 dollarga baholangan edi.
Avvalgi Jahon çempionatlarida qayta sotiladigan çiptalar narxi ularning asl qiymati (nominal narxi) bilan çeklangan. 2022 yilgi Jahon çempionatida FIFA ança past komissiya olgan bölib, sotuvçi va xaridordan 5 foiz yoki 2 Qatar riali (0,50 dollar) miqdorida haq olgan.
Bu galgi turnir uçun AQŞ va Kanadadagi ikkilamçi bozorning (qayta sotiş bozori) böşligini vaj qilib, FIFA qayta sotiş narxlariga çeklov qöymaslikka qaror qilgan. Taşkilotning davo qilişiça, bu çayqovçilarning “StubHub” kabi uçinçi tomon saytlaridan foydalanişiga tösqinlik qiladi.
Şuningdek, FIFA saytida 14 iyul kuni Arlingtonda (Texas) bölib ötadigan yarim final uçun 11 130 dollardan, 15 iyuldagi Atlantadagi yarim final uçun esa 9 660 va 4 360 dollardan çiptalar mavjud bölgan.
AQŞ terma jamoasining 12 iyun kuni Los-Anjelesda Paragvayga qarşi ötkazadigan oçiliş öyini uçun narxlar 4 105, 2 735, 2 330 va 1 940 dollarni, amerikaliklarning 19 iyundagi Avstraliyaga qarşi Sietldagi ikkinçi öyini uçun esa 2 715 dollarni taşkil etdi. AQŞning guruh bosqiçidagi sönggi — Turkiyaga qarşi Los-Anjelesdagi öyini çiptalari 2 970 va 1 345 dollarga baholandi.
Kanadaning 12 iyun kuni Torontoda Bosniya va Gertsegovinaga qarşi öyini uçun çiptalarni 3 360, 2 240, 1 645 va 980 dollarga oliş mumkin bölgan.
11 iyun kuni Mexiko şahrida bölib ötadigan Meksika va Janubiy Afrika örtasidagi turnirning oçiliş öyini uçun FIFA tomonidan töğridan töğri heç qanday çipta elon qilinmagan.
Çorak finallar uçun narxlar: 9 iyuldagi Foksboro (Massaçusets) öyini uçun 4 200 va 1 610 dollar, 10 iyuldagi Los-Anjeles öyini uçun 5 730 dollar, 11 iyuldagi Mayami-Gardens (Florida) öyini uçun 4 770 va 1 815 dollar hamda Kanzas-Sitidagi (Missuri) öyin uçun 4 080 dollar. 18 iyul kuni Mayami-Gardensda ötadigan uçinçi örin uçun bahs çiptalarini 1 125 dollarga sotib oliş mumkin edi.