FIFA JÇ uçun mukofot pullarini elon qildi: Özbekiston qança işlab olişi mumkin?
18-12-2025, 12:34
674 марта

FIFA JÇ uçun mukofot pullarini elon qildi: Özbekiston qança işlab olişi mumkin?
Keça, 17 dekabr kuni FIFA Jahon Çempionati doirasida rekord darajadagi 727 million dollar miqdoridagi moliyaviy mablağ taqsimlanişini maqulladi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.FIFA 2026 yilgi Jahon çempionati uçun mukofot pullarini avvalgi turnirga nisbatan qariyb 50 foizga oşmoqda. Şimoliy Amerikada bölib ötadigan turnir uçun ajratilgan mablağning eng katta qismi 655 million dollar 48 ta iştirokçi terma jamoaga ularning natijalariga qarab tölanadi. Jahon çempioni 50 million dollar, finalçi esa 33 million dollar mukofot puli oladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino uşbu qarorni izohlar ekan, 2026 yilgi Jahon çempionati nafaqat sport, balki moliyaviy jihatdan ham tarixiy ahamiyatga ega bölişini takidladi.
Guruh bosqiçidan çiqa olmagan 16 ta terma jamoa 9 million dollardan mukofot oladi. Bundan taşqari, turnirga yöl olgan har bir davlat terma jamoasi tayyorgarlik xarajatlarini qoplaş uçun qöşimça 1,5 million dollar bilan taminlanadi. Şunda Özbekiston milliy terma jamoasi eng kamida 10,5 million dollarni qölga kiritadi. Agar Özbekiston guruh bosqiçidan çidagan bölsa, bu pullar köpayadi.
Şuningdek, FIFA Kengaşi 2026 yilda barça azo assotsiatsiyalar uçun oçiq bölgan 15 yoşgaça bölgan futbolçilar iştirokidagi festival uslubidagi yoşlar turnirlarini yölga qöyişni tasdiqladi. 2027 yilda esa öğil bolalar, keyinçalik qizlar örtasidagi alohida musobaqalar ötkazilişi rejalaştirilgan.