Özbekiston Jahon çempionatidan qança işlab oladi?
9-06-2025, 18:22
1 842 марта

Özbekiston Jahon çempionatidan qança işlab oladi?
Futbol böyiça 2026 yilgi Jahon çempionatiga yöl olgan Özbekiston milliy terma jamoasi faqatgina turnirga tayyorgarlik uçun 1,5 mln dollar olişi mumkin.Malumotlarga köra, 2022 yilda Qatar yaşil maydonlarida ötgan mundialning umumiy sovrin jamğarmasi 440 million dollar bölgan. Şundan 1,5 million dollar jamoalarning turnirga tayyorgarlik körişi uçun berilsa, guruh bosqiçida qatnaşganlik uçun yana 9 million dollar tölangan. Demak, uşbu musobaqaga yöllanmani qölga kiritgan har qanday jamoa 10,5 mln dollarni naqd qiladi.
Şuningdek:
- 4-örin egasi – 25 million dollar;
- 3-örin egasi – 27 million dollar;
- final iştirokçisi – 30 million dollar;
- turnir ğolibi – 42 million dollarga ega çiqadi.
Qayd etiş joiz, mukofot pullari asosan stadion daromadlari, teleeşittiriş huquqidan tuşgan mablağlar, reklama va boşqa manbalar hisobidan ham keladi. Yillar davomida bu manbalarning heç birida pul oqimi pasaymagan. Yuqorida aytilganidek, 2022 yilgi FIFA Jahon çempionati ğolibi 42 million AQŞ dollari miqdoridagi mukofot pulini qölga kiritgan. Bu esa 2018 yilgi musobaqaga nisbatan 4 million dollarga köproq.
Qatar-2022 uçun ajratilgan umumiy mukofot jamğarmasi 440 million dollarni taşkil etdi va bu 32 jamoa örtasida taqsimlandi. Rossiya-2018 musobaqasida esa bu summa 400 million dollar bölgan, şundan 38 million dollar finalda Xorvatiyani mağlub etgan Frantsiyaga berilgan.
Jahon çempionatidagi mukofot jamğarmasi har galgi turnirda oşib bormoqda. Masalan, 1982 yilda jami 20 million dollar 24 jamoa örtasida taqsimlangan bölsa, 2022 yilgi musobaqada bu körsatkiç 22 barobar oşgan.