FIFA Özbekiston klublariga pul tölaydi
17-09-2025, 14:10
144 марта

FIFA Özbekiston klublariga pul tölaydi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublarga futbolçilarining Jahon çempionati-2026 musobaqasida qatnaşişi uçun rekord miqdorda – 355 million dollar kompensatsiya tölaydi. Bu haqda taşkilotning rasmiy saytida xabar berildi.FIFA matbuot xizmatining xabar berişiça, Klublar uçun imtiyozlar dasturi (Club Benefits Programme) doirasida 2026 yilgi Jahon çempionatining saralaş hamda final bosqiçida futbolçilari iştirok etadigan klublar örtasida rekord 355 million dollar taqsimlanadi.
Qayd etiş joiz, 2022 yilda Qatarda ötgan mundial bilan soliştirganda tölovlar 70 foizga oşirilgan. Öşanda 440 klubga jami 209 million dollar berilgan. 2018 yilda Rossiyada ötgan turnirdan söng esa 416 klubga şunça mablağ taqsimlangan. 2014 yilda Braziliyada bu summa 70 million dollarni, 2010 yilda Janubiy Afrikada (dastur ilk bor joriy etilgan paytda) esa atigi 40 million dollarni taşkil qilgandi. Malum qilinişiça, ilk bor klublar nafaqat Jahon çempionati final bosqiçiga, balki saralaş öyinlariga futbolçilarini yuborgani uçun ham kompensatsiya oladi.