Özbek klublari tarixda ilk bor FIFA’dan kompensatsiya oladi
15-10-2025, 20:52
473 марта

Özbek klublari tarixda ilk bor FIFA’dan kompensatsiya oladi
Özbekiston jamoalari öz tarixida ilk bor Jahon çempionati saralaş bosqiçi va turnirning final bosqiçida iştirok etgan futbolçilari uçun FIFA'dan kompensatsiya oladi. FIFA 2026 yilgi Jahon çempionati uçun 355 million AQŞ dollar kompensatsiya qilişni rejalaştirgan. Bu haqda Özbekiston professional futbol ligasi (ÖzPFL) xabar berdi.Uşbu tajriba 2010 yilgi mundialdan boşlagan. Öşa yilgi kompensatsiya pullari 40 million AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, Qatarda ötkazilgan mundialda bu narx 209 million AQŞ dollari miqdoriga yetdi. Qatarda ötgan Jahon çempionati guruh bosqiçida iştirokini yakunlagan terma jamoalarga eng kamida 14 kun davomida unda iştirok etgan hisoblanib, musobaqaning har bir kuni uçun bir nafar futbolçiga 10 950 AQŞ dollaridan kompensatsiya tölangan.
FIFA 2026 yilgi Jahon çempionatidan etiboran uşbu dasturda bir qator tamoyillarni özgartirmoqda. Avvalo, bu galgi musobaqa uçun ajratilgan kompensatsiya pullarining umumiy miqdori rekord daraja 355 million AQŞ dollariga yetdi. Uşbu summaning 100 million AQŞ dollariga teng qismi esa musobaqaning qitaviy saralaş bosqiçlarida iştirok etiş uçun öz futbolçilarini terma jamoalar ixtiyoriga yuborgan klublar örtasida taqsimlanişi belgilandi. Buning uçun, futbolçi Jahon çempionati saralaş bosqiçi doirasidagi rasmiy uçraşuvda öyin qaydnomasiga kiritilgan bölişi talab etiladi. Bunda, futbolçi terma jamoasi bilan mundial yöllanmasini olgan yoki olmagani ahamiyat kasb etmaydi. Şuningdek, avvalgi tamoyillar böyiça futbolçi uçun kompensatsiya olişga u sönggi ikki mavsum davomida röyxatdan ötkazilgan klubgina haqli hisoblangan bölsa, endilikda öz tarkibidagi futbolçini Jahon çempionati va uning saralaş bosqiçlari uçun terma jamoa ixtiyoriga yuborgan istalgan klub dastur doirasidagi pullarni qabul qilib olişi mumkin.
Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatiga yöllanma olişi natijasida özbek klublari futbolçilarini Jahon çempionati va uning saralaş bosqiçlari doirasidagi öyinlarga yuborgani uçun FIFA dasturidan kompensatsiya pullari oladi. Misol uçun, saralaşning sönggi ikki bosqiçi doirasida Abduvohid Nematov 15 marotaba, Şerzod Nasrullayev 12 marta, Akmal Mozgovoy 10 marta, Zafarmurod Abdurahmatov 4 marotaba, Ğolib Ğaybullayev 2 bor va Alibek Davronov bir marta Özbekiston terma jamoasining öyin qaydnomasiga kiritildi. Uşbu futbolçilar barça uçraşuvlarga “Nasaf” futbolçisi sifatida jalb etilgan. Bundan taşqari, Umar Eşmurodov umumiy 13 ta uçraşuvning 4 tasida, Bobur Abduxoliqov umumiy 11 öyinning 8 tasida “Nasaf” futbolçisi bölgan. Demak, Qarşi klubi uşbu futbolçilarning har bir uçraşuvi uçun malum miqdorda kompensatsiya pullarini işlab topadi.