Özbekistonlik boksçilar öz janglarini nokaut bilan tugatdi
30-05-2026, 05:49
47 марта

Özbekistonlik boksçilar öz janglarini nokaut bilan tugatdi
Keça, 29 may kuni Humo Arena majmuasida professional boks oqşomi bölib ötdi. Unda ringga kötarilgan özbekistonlik boksçilar Murodjon Ahmadaliyev, Abdumalik Xalokov va Lazizbek Mullojonov ğalaba qozondi.Dastlab ringga kötarilgan Olimpiada çempioni Abdumalik Xalokov hindistonlik Vişal Kumarga qarşi jangning ikkinçi raundida raqibini nokautga uçratdi. Olti raundga möljallangan bahsda özbekistonlik boksçi texnik nokaut evaziga ğalaba qozondi.
Musobaqaning ikkinçi asosiy jangida yozgi Olimpiya öyinlari ğolibi Lazizbek Mullojonov venesuelalik Luis Xose Marin Garsiyaga qarşi ringga kötarildi. Oğir vazn toifasidagi WBC Eurasia kamari uçun ötkazilgan bellaşuvda Mullojonov muddatidan avval zafar quçdi. Hakam uçinçi raund davomida raqib tomonida ogohlantirişlar köpaygani sababli jangni töxtatdi va ğalaba özbekistonlik boksçiga berildi.
Oqşomning markaziy jangida sobiq jahon çempioni Murodjon Ahmadaliyev venesuelalik Egli Moskedaga qarşi ringga kötarildi. Va jangni muddatdan avval törtinçi raunda nokaut bilan yakunladi.