Bektemir Meliqöziyev raqibini texnik nakautga uçratdi
22-02-2026, 14:27
207 марта

Bektemir Meliqöziyev raqibini texnik nakautga uçratdi
Bugun, 22 fevral tongida AQŞning Las Veges şahrida navbatdagi professional boks oqşomi bölib ötdi. Unda özbekistonlik çarm qölqop ustasi Bektemir Meliqöziyev iştirok etib, navbatdagi ğalabasini nişonladi.Oqşom doirasida superörta vazn toifasidagi jangda Bektemir Meliqöziyev ganalik Sena Agbekoga qarşi ringga kötarildi. 10 raundga möljallangan bahsda Meliqöziyev 7-raunddayoq jang taqdirini hal qildi. Şu tariqa Bektemir WBA qitalararo çempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.