Yevropa “toji” uçun jang: PSJ va “Arsenal” finalidan nimalar kutiş kerak?
30-05-2026, 14:54
145 марта

Yevropa “toji” uçun jang: PSJ va “Arsenal” finalidan nimalar kutiş kerak?
Bugun, 30 may kuni Budapeşt şahridagi “Puşkaş Arena” stadionida Yevropa klublar mavsumining eng muhim uçraşuvi — Çempionlar ligasi finali bölib ötadi. Unda Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” va Angliyaning “Arsenal” jamoalari töqnaş keladi. Uşbu bahs Toşkent vaqti bilan 21:00 da boşlanadi.Jamoalar örtasidagi özaro qarama-qarşilik qanday?
“Pari Sen-Jermen” va “Arsenal” Yevropa musobaqalarida bir neça bor töqnaşgan, ammo ular örtasidagi uçraşuvlar soni unçalik köp emas. Tomonlar asosan guruh bosqiçlari va pley-offning ilk raundlarida töqnaş kelgan. Jamoalar şu kunga qadar 7 marta özaro duç kelgan. Ularning 2 tasida parijliklar 2 tasida londonliklar zafar quçgan. Qolgan 3 ta uçraşuv durang bilan yakunlangan. Hozirgaça uşbu juftlik Yevropa Çempionlar ligasi finalida uçraşmagan. Şuning uçun bu final ular tarixidagi birinçi yirik qarama-qarşilik sifatida qaralmoqda.
“Arsenal” uçun bu Çempionlar ligasi finallari tarixidagi juda kam uçraydigan imkoniyatlardan biri hisoblanadi. London klubi faqat bir marotaba uşbu turnir finaliga çiqqan. “Töpçilar” 2006 yilda “Barselona”ga qarşi öyinda 1:2 hisobida mağlubiyatga uçrab ikkinçi örin bilan çeklangan.
PSJ esa musobaqaning amaldagi çempionlari hisoblanadi. Ular 2020 yilda ilk bor Çempionlar ligasi final bosqiçiga çiqqan. Tomas Tuxel boşqaruvidagi Parijliklar öşa yili “Bavariya”ga 1:0 hisobida mağlubiyatga uçragandi.
Budapeştda joylaşgan “Puşkaş Arena” Yevropa markaziga yaqin hisoblanadi. Geografik jihatdan u Angliya va Frantsiyaga nisbatan deyarli teng masofada joylaşgan, ammo mutaxassislar tomonidan logistika va muxlislik harakati böyiça Angliya tomoni biroz faolroq bölişi kutilmoqda.
Londondon keluvçi muxlislar soni odatda Yevropa finallarida juda yuqori böladi, şu bilan birga Parij tomonidan ham katta qöllab-quvvatlaş kutilmoqda. Şu sababli stadionda atmosfera muvozanatli bölişi taxmin qilinmoqda.
Bu ikki mamlakat jamoalari töqnaşuvida qaysi tomon ustun?
Angliya va Frantsiya klublari Yevropa musobaqalarida uzoq yillardan beri özaro raqobat qilib keladi. Umumiy tarixiy statistika Angliya klublari foydasiga şakllangan, çunki ular Yevrokuboklarda köproq sovrin yutgan va final bosqiçlarida barqarorroq iştirok etgan. Çempionlar ligasi tarixida Angliya klublari 15 martadan ortiq çempion bölgan, Frantsiya klublari esa faqat 2 marta — 1993 yilda “Marsel” va 2025 yilda PSJ boş sovringa ega çiqqan.
Final tajribasi böyiça ham Angliya ança oldinda. “Mançester Yunayted”, “Liverpul”, “Çelsi” va “Mançester Siti” kabi klublar bir neça bor finalda öynagan va sovrin yutgan. Frantsiya tomondan esa asosan PSJ yagona barqaror vakil sifatida söngi yillarda finallarda iştirok etib kelmoqda.
Ikki mamlakat klublari Çempionlar ligasi va Yevropa musobaqalarida 30 dan ortiq marta özaro töqnaş kelgan. Umumiy hisobda Angliya klublari ğalaba foizi yuqoriroq.
Sönggi yillarda esa farq kamaygan. PSJ 2020 yildan keyin Yevropa finali va yarim finaliga muntazam çiqib, ingliz klublariga qarşi köproq muvaffaqiyat qozona boşladi. Misol uçun ötgan mavsumda parijliklar finalgaça pley-off bosqiçida faqat ingliz jamoalari bilan töqnaş kelib, çempionlikka qadar yetib bordi.
Bu yangi vaqtda böladigan birinçi final
UEFA joriy yil Budapeştda bölib ötadigan finaldan boşlab, Çempionlar ligasi finalining start vaqti odatdagi 21:00 dan 18:00 ga köçirmoqda. Bu bilan endi YeÇL finali har yili Toşkent vaqti bilan 00:00 da emas, 21:00 da boşlanadi.
UEFA bu qaror muxlislar, jamoalar va mezbon şaharlar uçun qulaylik yaratiş, logistika va taşkiliy jarayonlarni yaxşilaş hamda umumiy tajribani boyitiş maqsadida qabul qiliş bilan izohlamoqda.
Taşkilotçilarga köra, yangi vaqt sayohat qiluvçi muxlislar uçun ham qulaylik tuğdiradi. Ular öyindan keyin jamoat transportidan bemalol foydalanib, xavfsizroq va tezroq qaytiş imkoniga ega böladi. Mezbon şaharlar uçun esa bu – futbol bayramini uzoqroq davom ettiriş va iqtisodiy ijobiy tasirni kuçaytiriş imkonini beradi.
“Hafta örtasidagi öyinlar uçun soat 21:00 mos bölsa-da, final odatda şanba kuni ötkaziladi. Ertaroq boşlanişi öyin qöşimça vaqt yoki penaltilargaça çözilsa ham baribir oldinroq yakunlanişini taminlaydi. Bu esa muxlislarga döstlari va oilalari bilan keçqurun vaqt ötkaziş imkonini beradi”, deya izoh bergan edi UEFA prezidenti Aleksandr Çeferin.Bu finalning eng muhim jihatlaridan biri — ikkala jamoani ham ispaniyalik murabbiylar boşqarayotgani. Luis Enrike va Mikel Arteta örtasidagi bu töqnaşuv UEFA Çempionlar Ligasi tarixida juda noyob holat hisoblanadi.
Ikki ispaniyalik murabbiyning töqnaşuvi
Tarixiy statistikaga köra, Çempionlar ligasi (va oldingi Yevropa Kubogi) finalida faqat 4 marta bir mamlakat murabbiylari bir-biriga qarşi kelgan: 1979, 2003, 2013 va 2020 yillarda. Bu esa bunday holatning örtaça har 10–15 yilda bir marta yuz berişini körsatadi.
Endi esa birinçi marta finalda ikki ispaniyalik murabbiy — Luis Enrike (PSJ) va Mikel Arteta (“Arsenal”) töqnaş kelmoqda
Sönggi statistikaga köra, 2025-2026 mavsum Yevropa final bosqiçlarida ispaniyalik murabbiylar 8 ta finaldan 6 tasida iştirok etmoqda, bu esa taxminan 75% uluş degani. Bu körsatkiç UEFA tarixidagi eng yuqori murabbiylar “dominatsiyasi” sifatida qayd etilmoqda.
Luis Enrike esa alohida rekordga ega: u sönggi yillarda iştirok etgan finallarining 12 tasidan 11 tasida ğalaba qozongan.
Mikel Arteta esa ilk bor Çempionlar ligasi finaliga çiqmoqda, bu esa uning Yevropa tajribasi uçun yangi bosqiç hisoblanadi.
Tarixiy jihatdan, ispaniyalik murabbiylar Çempionlar Ligasida katta muvaffaqiyatga ega: Pep Gvardiola va Luis Enrike kabi murabbiylar sönggi 15 yilda Çempionlar ligasining asosiy ğoliblarini şakllantirgan. Şuningdek, 2020 yillardan boşlab ispaniyalik murabbiylar Yevropa final bosqiçlarida eng köp vakillikka ega millatga aylangan.