XORAZMLIK TALABALAR TOŞKENTDA ZAFAR QUÇDI: URDU YeNGIL ATLETIKAÇILARI RESPUBLIKADA BIRINÇI!
6-06-2026, 15:57
158 марта
XORAZMLIK TALABALAR TOŞKENTDA ZAFAR QUÇDI: URDU YeNGIL ATLETIKAÇILARI RESPUBLIKADA BIRINÇI!Poytaxtimizda ötkazilayotgan «Yangi Özbekiston talabalari olimpiadasi» sport musobaqalari xorazmlik yoşlarning ulkan ğalabasi bilan boşlandi. Yengil atletika böyiça bölib ötgan final bahslarida Urganç davlat universiteti (UrDU) sportçi-talabalari haqiqiy mahorat maktabini körsatib, umumjamoa hisobida faxrli 1-örinni qölga kiritdilar!
Oltin marralarni zabt etgan çempionlarimiz:
Adamboyev Sardorbek — 100 metr va 200 metr masofaga yuguriş bahslarida raqiblariga heç qanday imkoniyat qoldirmay, qöş oltin medalga ega çiqdi;
Şuxratova Intizor — xuddi şunday, xotin-qizlar örtasida 100 metr va 200 metr masofaga yugurişda marraga birinçi bölib yetib keldi va ikki karra çempionlikni rasmiylaştirdi;
Şarifboyev Şodlik — yadro uloqtiriş bahslarida özining yaqqol ustunligini namoyiş etib, 1-örinni egalladi;
Nurmatova Nihoyat — xotin-qizlar örtasida yadro uloqtirişda tengsiz deb topildi va jamoamiz xazinasiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
Murosasiz va kuçli raqobat ostida keçgan bellaşuvlarda vohamiz vakillari universitet şarafini munosib himoya qilib, şohsupaning eng yuqori poğonalarini band etişdi. Vakillarimiz jami 6 ta oltin, 5 ta kumuş va 1 ta bronza medalini qölga kiritib, tengsiz ekanliklarini isbotlaşdi.
Munosib kumuş va bronza egalari:Yoqubov Sarvar — 800 metr masofaga yugurişda matonat körsatib, 2-örinni band etdi;
Maşaripova Ziyoda — 800 metr masofaga yuguriş bahslarida kuçli uçlikdan joy olib, 3-örinni qölga kiritdi;
Qizlar estafeta jamoasi (4×100 metr) — jamoaviy bahslarda yuqori tezlik va hamjihatlik körsatib, faxrli 2-öringa sazovor bölişdi.
