TARIXIY GALABA: «XORAZM» FUTZAL KLUBI OLIY LIGAGA YÖLLANMA OLDI!
8-06-2026, 09:06
71 марта
TARIXIY GALABA: «XORAZM» FUTZAL KLUBI OLIY LIGAGA YÖLLANMA OLDI!Xorazm futboli va futzali tarixida yangi sahifa oçildi! Oliy ligaga yöllanma beruvçi eng muhim va hal qiluvçi ötiş öyinida (pley-off) vohamiz şarafini himoya qilayotgan «Xorazm» futzal klubi Navoiyning «Qizilqum» jamoasiga qarşi maydonga tuşdi.
Murosasiz va şiddatli keçgan bahsda vakillarimiz raqib ustidan 3:1 hisobida işonçli ğalabani qölga kiritib, Oliy liga yöllanmasini naqd qildilar!
ÖYIN XRONIKASI VA GOLLAR:
Uçraşuv dastlabki daqiqalardan vakillarimizning ustunligi ostida boşlandi. Tezkor gollar esa öyin taqdirini amalda hal qildi:
4-daqiqa: Xurşid Rahmonov uçraşuvda hisobni oçib, jamoamizga ruhiy ustunlik taqdim etdi — 1:0.
35- va 39-daqiqalar: Uçraşuvning eng hayajonli pallasida Ğiyosbek Quşnazarov öz mahoratini körsatib, raqib darvozasini ikki bor aniq nişonga oldi va dublni rasmiylaştirdi — 3:1.
Jamoamiz juda qisqa vaqt içida ajoyib birdamlik va yuqori saviyali öyin namoyiş etib, mana şunday yorqin natijaga erişdi.
OLIY LIGA — ENDI XORAZMNIKI!