FIFA muxlislar uçun pullik xizmatni işga tuşirmoqda
9-06-2026, 18:47
97 марта

FIFA muxlislar uçun pullik xizmatni işga tuşirmoqda
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) muxlislarga 2026 yilgi Jahon çempionati öyinlari vaqtida öz ismlarini stadion ekranlarida namoyiş qiliş imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.Malum qilinişiça, mazkur xizmat orqali muxlislar stadiondagi ulkan ekranlar va media tizimlarda öz ismi yoki qisqa tabrik xabarini namoyiş etiş imkoniyatiga ega böladi. Buning uçun 79 AQŞ dollari miqdorida tölov amalga oşirilişi kerak.
Taklif guruh bosqiçidagi barça 72 ta uçraşuvga tatbiq etiladi. Muxlislar oldindan muayyan vaqt oraliğini joy band qilib, öz xabarini yuborişlari mumkin. Belgilangan vaqtda, ayniqsa terma jamoalarning öyin oldidan çigal yozdi maşğulotlari vaqtida, ularning ismi yoki xabari stadion tablosida aks etadi hamda stadion suxandoni tomonidan ovoz çiqarib öqib eşittiriladi.
Şu bilan birga, FIFA bu borada qatiy qoidalarni ham belgilagan. Barça xabarlar maxsus moderatsiyadan ötkaziladi. Matn hajmi 30 ta belgidan oşmasligi kerak, şuningdek, emoji, grafik belgilar va boşqa maxsus simvollardan foydalaniş taqiqlanadi.
FIFA vakillari hazilomuz, haqoratli, noaniq mazmundagi ismlar yoki siyosiy mazmundagi şiorlarni joylaştirişga qilingan urinişlar darhol rad etilişini va bunday holatlarda tölov qaytarilmasligini malum qildi.