JÇ-2026 arafasida futbol qoidalarida bir neçta özgarişlar böldi: mana öşa 10 ta band
11-06-2026, 14:36
340 марта

JÇ-2026 arafasida futbol qoidalarida bir neçta özgarişlar böldi: mana öşa 10 ta band
Agar JÇ-2022 asosiy vaqtga qöşib berilgan daqiqalar miqdori bilan hayratda qoldirgan bölsa, endi bizni yanada kattaroq yangiliklar kutmoqda.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengaşi (IFAB) VAR tizimining öyinga aralaşiş vakolatlarini kengaytirdi, şuningdek, vaqtni çöziş holatlariga qarşi kuraşişning turli usullarini joriy qildi.
1. VAR ikkinçi sariq kartoçkalarni tekşiradi
Ehtimol, eng asosiy yangiliklardan biri — ikkinçi sariq kartoçkalarning tekşirilişi. Biroq bu faqatgina ikkinçi ogohlantiriş mutlaqo asossiz bölgan vaziyatlardagina amalga oşiriladi. Xuddi “Inter” — “Yuventus” uçraşuvidagi Per Kalulu bilan boğliq maşhur vaziyat kabi: öşanda Bastonining yaqqol simulyatsiyasidan söng Kaluluga ikkinçi sariq kartoçka körsatilgan edi.
2. VAR burçak zarbalarini tekşiradi
Burçak zarbalarini tekşiriş ham muhim özgarişlardan biridir. Töğri, bu borada ham çeklovlar bor. VAR endi jamoaga nohaq taqdim etilgan kornerlarni bekor qila oladi. Ammo agar biror jamoa burçak zarbasi işlab olsa-yu, hakam adaşib darvozadan töp kiritişni körsatsa, VAR jarayonga aralaşmaydi.
Bu holat öyinning çözilişiga olib kelişi borasida bahslar bor. Körinişidan, yöq. VAR faqatgina öyinning qayta tiklanişi keçikmaydigan vaziyatlardagina aralaşadi. Nazariy jihatdan, nohaq belgilangan burçak töplari tezda tekşirilib, öyin davom ettiriladi. Muhimi şundaki, JÇ-2026 töplariga maxsus çiplar örnatilgan bölib, ular töpning maydonni tark etganini soniyalar içida aniqlaydi. Biroq töp aynan kimdan çiqib ketganini aniqlaş biroz köproq vaqt talab qilişi mumkin.
3. VAR endi öyin töxtagan paytdagi qöpolliklar uçun ham aralaşadi
Bu unçalik közga taşlanmaydigan, lekin juda muhim yangilik. Ilgari futbolçi burçak zarbasi amalga oşirilişidan bir soniya oldin raqibini itarib yuborib, keyin gol urişi mumkin edi. Agar boş hakam bu folni ötkazib yuborgan bölsa, VAR qoidaga köra vaziyatga aralaşa olmasdi va faqat töp öyinga kiritilgandan keyingi holatni tekşirişi şart edi. Endi qoidalardagi uşbu kamçilik bartaraf etildi.
4. Vaqtni çöziş holatlari qattiqroq nazorat qilinadi
Ötgan yili darvozabon töpni qöliga olgandan keyin öyinga kiritiş uçun sakkiz soniya vaqt berilişi haqida qoida paydo bölgandi. Oxirgi beş soniyani hakam qölini kötarib, barmoqlari bilan sanaydi. Agar darvozabon ulgurmasa, uning jamoasi töp nazoratini yöqotadi va raqib jamoaga burçak zarbasi beriladi.
Uşbu mavsumda guvoh bölganimizdek, darvozabonlarga baribir sakkiz soniyadan köproq vaqt berilmoqda. Hakam qoidabuzarlikni töqqizinçi soniyada emas, balki biroz keçroq qayd etadi. Masalan, yakunlangan mavsumda APL va RPL öyinlarida hakamlar “Byornli” darvozaboni Martin Dubravka va “Akron” posboni Ignat Terexovskiy töpni 12 soniyalab uşlab turganidan keyingina huştak çalişdi. JÇ-2026 dan boşlab uşbu amaliyot öyinning boşqa pallasiga ham köçadi.
5. Öyinçi almaştirişlar ham tezlaşadi
IFAB va FIFA öyinçi almaştirişlar ham öyin tempiga salbiy tasir qiladi, degan qarorga keldi. Endilikda futbolçi öz raqami tuşirilgan tablo kötarilgan paytdan boşlab 10 soniya içida maydonni tark etişi kerak. Agar ulgurmasa, uning jamoasi bir daqiqa davomida maydonda bir kişi kam bölib öynaydi. Şu bilan birga, maydonni tribunalarga eng yaqin bölgan tomondan tark etiş qoidasi ham öz kuçida qoladi.
6. Şifokorlar yordami sababli futbolçilar maydon taşqarisida bir daqiqa qolişadi
Agar maydondagi öyinçiga tibbiy yordam kerak bölsa, u maydon taşqarisida roppa-rosa bir daqiqa ötkazişi şart. APLning ötgan mavsumida futbolçilar bunday vaziyatlarda 30 soniyaga maydondan çiqib turişardi.
7. Taktik taym-autlarga qarşi faqat “iltimoslar” bilan kuraşiladi
Agar şifokor yordami darvozabonga kerak bölsa, unda heç kim maydonni tark etmaydi. Bu qoidalardagi yana bir tirqiş edi. Murabbiylar öyinçilarni zaxira örindiği yoniga yiğib, taktik körsatmalar beriş uçun darvozabonlardan jarohatni simulyatsiya qilişni söraşardi.
Bu borada qatiy çeklovlar joriy etiladi, ammo buning töliq ijrosi, aftidan, qoidalarning keyingi tahririda aks etadi. ESPN malumotlariga köra, şifokorlar darvozabonga yordam körsatayotgan paytda, maydondagi öyinçilardan öz joylarida qoliş va murabbiylar ştabi yoniga bormaslik söraladi. Agar futbolçilar baribir murabbiy yoniga borişsa, hozirça heç qanday jazo közda tutilmagan.
8. Norozilik bildirib maydonni tark etgan futbolçilar çetlatiladi
Hakam qaroriga norozilik sifatida maydonni tark etgan har qanday öyinçi töğridan-töğri qizil kartoçka oladi. Xuddi şu qoida futbolçilarni maydondan çiqib ketişga çorlagan jamoa rasmiylariga ham tegişli. Agar jamoaning uşbu namoyişi uçraşuvning bekor qilinişiga sabab bölsa, u holda jamoaga texnik mağlubiyat yoziladi. Bu qarorga Afrika Kubogidagi janjalli final sabab böldi.
9. Oğizni yopganlik uçun maydondan çetlatiş
Qoidalardagi yana bir band yaqindagi şov-şuvli voqeaga asoslangan. Gap, albatta, Janluka Prestiannining Vinisiusga aytgan gaplari haqida ketmoqda. Yevropa Çempionlar Ligasi öyinida argentinalik futbolçi oğzini qöli bilan yopib, braziliyalikka nimadir degan edi. “Real” hujumçisi esa raqibini irqçilikda aybladi.
Endi oğzini qöli, yelkasi yoki formasi bilan yopgan har qanday öyinçi töğridan-töğri qizil kartoçka olişi mumkin. Töğri, agar suhbat döstona xarakterda bölsa, jazo qöllanmaydi. Bu yerda hakamlar uçun unçalik oson bölmagan vazifa turibdi. Öyinçilar nuqtai nazaridan esa, oğizni yopiş — ortiqça tavakkalçilik. Ayniqsa, örtada ozgina bölsa ham kelişmovçilik hidi anqib turganda.
10. Tanafsus 15 daqiqadan köproq davom etişi mumkin
Bu qoida faqat Nyu-Yorkda bölib ötadigan final öyiniga tegişli. AQŞda ananaviy ravişda sportning turli turlaridagi yirik öyinlar tanafsusida şoular taşkil etiladi. Klublar örtasidagi JÇ-2025 turnirida ham şunday bölgan edi.
FIFA JÇ-2026 finalining tanafsusida Şakira, Madonna va BTS çiqiş qilişini elon qildi. Biroq ularning çiqişlari qança davom etişi hozirça aniq emas. Taşkilotçilar 15 daqiqalik vaqt içiga siğişga harakat qilişlari haqida xabar berilgandi.