“Barselona” Peresni sudga bermoqçi
Agar “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “Barselona”ga nisbatan aytgan sözlarini rad etmasa, unga qarşi tuhmat böyiça sudga murojaat qilinadi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Klubi xabariga köra, Peresga qarşi Ispaniya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (tuhmat) böyiça jinoiy davo kiritişdan oldin majburiy yaraşuv tartibida murojaat yöllangan.
“Barselona” mazkur çora joriy yilning 12 may kuni bölib ötgan matbuot anjumanida hamda keyingi kuni OAVga bergan intervyusida Florentino Peres tomonidan aytilgan fikrlar munosabati bilan körilayotganini malum qilgan.
Klub bayonotida qayd etilişiça, murojaatning asosiy maqsadi Peresni “Barselona”ning şani va işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi, haqiqatga töğri kelmaydigan bayonotlarni tan oliş va ularni rad etişga undaşdan iborat.
“Agar uşbu murojaat qoniqarli tarzda hal etilmasa, klub tegişli jinoiy davo bilan sudga murojaat qiladi”, deyiladi “Barselona” bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Florentino Peres jurnalistlar bilan muloqot çoğida “Barselona” hamda Ispaniya Texnik hakamlar qömitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra örtasidagi munosabatlar korruptsion xususiyatga ega bölganini aytgan edi. Şuningdek, u mazkur iş böyiça tegişli hujjatlar UEFA’ga taqdim etilganini va “Barselona”dan 23 sovrinni tortib oliş kerakligini aytib ötgandi.