USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kanadadagi JÇ oçilişi qanday ötdi? (fotoreportaj)

115 марта
Канададаги ЖЧ очилиши қандай ўтди? (фоторепортаж)

Kanadadagi 2026 yilgi Jahon çempionati oçiliş marosimi 12 iyun kuni Toronto şahridagi “Bimo Fild” stadionida Kanada — Bosniya va Gertsegovina uçraşuvidan oldin bölib ötdi. Bu mundial tarixidagi ilk holat bölib, mezbon uç davlat — Meksika, Kanada va AQŞning har birida alohida oçiliş marosimi taşkil etildi.

Marosim Kanadaning madaniy xilma-xilligi va mamlakatning “bir sohildan ikkinçi sohilgaça” bölgan tarixini aks ettiruvçi maxsus şou bilan boşlandi. Tadbirda mahalliy xalqlar vakillari iştirok etdi, maydon markaziga esa ulkan oltin rangli futbol töpi örnatildi.

Oçiliş marosimida Kanadaning maşhur sanatkorlari qatnaşdi. Jumladan, Maykl Buble, Alanis Morissett, Alessiya Kara, Jessi Reyez, Nora Fatexi, Elianna, Vegedrim va Uilyam Prins çiqiş qildi. Şuningdek, aktyor Uill Arnett ham marosim mehmonlaridan biri böldi.

Nora Fatexining sahnadagi çiqişi ayniqsa katta qiziqiş uyğotdi. U “Siir Siir” qöşiğini ijro etib, tomoşabinlarga yuqori kayfiyat ulaşdi.

Maykl Bublening çiqişi esa ijtimoiy tarmoqlarda turliça baholandi. Stadiondagi muhit kötarinki bölgan bölsa-da, ayrim muxlislar qöşiq tanlovini tanqid qilişdi.

Qariyb 46 ming muxlisga möljallangan arenada tadbir katta qiziqiş bilan qarşi olindi, ammo tomoşabinlar soni böyiça rasmiy malumot hozirça elon qilinmagan.

Marosimdan söng maydonga tuşgan Kanada terma jamoasi Bosniya va Gertsegovina bilan 1:1 hisobida durang öynadi va mamlakat tarixidagi öz maydonidagi ilk Jahon çempionati bahsidan bir oçko oldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: