Eron terma jamoasining maşğulot bazasi yaqinidan jasad topildi
Eron terma jamoasining Meksikaning Tixuana şahridagi maşğulot bazasi yaqinida fojiali holat qayd etildi. Bu haqda “Actu Foot” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Eron terma jamoasining maşğulot bazasi yaqinida çirigan inson jasadi topilgan. Uşbu jasad qora sumkaga öralgan bölib, unda zöravonlik izlari mavjudligi aytilmoqda. Mahalliy huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari voqea holatlarini tekşirmoqda va marhumning şaxsi sir saqlanmoqda. Holat yuzasidan hozirça qöşimça malumotlar oşkor etilmagan.
Malumot uçun, Eron terma jamoasi Misr, Belgiya va Yangi Zelandiya bilan birga “G” guruhidan örin olgan. Jamoa musobaqadagi iştirokini 15 iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiyaga qarşi bahs bilan boşlaydi. Keyinçalik, 21 iyun kuni Belgiyaga qarşi, 26 iyun kuni esa Sietl şahrida Misrga qarşi maydonga tuşadi.