Angliya terma jamoasining bazasida katta öğrilik sodir etildi
Angliya terma jamoasi Jahon çempionati vaqtida noxuş hodisaga duç keldi. Jamoaning maşğulot jihozlarining katta qismi öğirlangan. Bu haqda “Daily Mail” naşri xabar berdi.
Yöqolgan buyumlar orasida jamoa yetakçilari Harri Keyn va Jud Bellingemning butsilari ham borligi aytilmoqda. Şuningdek, jamoa deyarli barça maşğulot töplarini yöqotgan, faqat bittasi qolgan.
Tomas Tuxel boşçiligidagi murabbiylar ştabiga tegişli taktik doskalar va boşqa jihozlar ham öğirlangani qayd etilmoqda, bu esa turnir öyinlariga tayyorgarlik jarayonida qöşimça qiyinçiliklar tuğdirişi mumkin.
Manbaga köra, huquqni muhofaza qiliş organlari hodisa böyiça tergov boşlagan. Angliya jamoasining jihozlarini taşişda iştirok etgan haydovçilar gumondor sifatida körib çiqilmoqda.
Angliya futbol assotsiatsiyasi hozirça uşbu vaziyatga rasman izoh bermagan.