Modriç JÇdan keyin faoliyatini yakunlab, “Real”ga qaytadi – OAV
Xorvatiyalik yarim himoyaçi Luka Modriç 2026 yilgi Jahon çempionatidan söng futbolçilik faoliyatini yakunlaşga va Madridga qaytişga tayyor. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga köra, 40 yoşli futbolçi faoliyatini tugatgaç, “Real Madrid” klubida malum bir lavozimni egallaşi böyiça kelişuvga erişgan.
Modriç 2012 yildan 2025 yilgaça “Real Madrid” safida töp surgan. Bu davr mobaynida Luka tört marta Ispaniya çempioni böldi va olti marta UEFA Çempionlar ligasida ğolib çiqdi. 2018 yilda esa yarim himoyaçi “Oltin töp” mukofotini qölga kiritib, bunga erişgan birinçi xorvat futbolçisiga aylangandi.
Malumot uçun, Xorvatiya terma jamoasi joriy yilgi Jahon çempionatida “L” guruhidan örin olgan bölib, unda Angliya, Panama va Gana terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Xorvatiya va Angliya örtasidagi uçraşuv joriy yilning 16 iyun kuniga belgilangan.