USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bekxem Gollivudning Şon-şaraf xiyobonidan yulduz oldi

81 марта
Бекхэм Голливуднинг Шон-шараф хиёбонидан юлдуз олди

Afsonaviy futbolçi Devid Bekxem 2026 yilgi Jahon çempionati start olgan kunda Gollivudning Şon-şaraf xiyobonida öz yulduziga ega böldi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.

Devid Bekxem uşbu mukofotni “hayotimdagi eng ğayrioddiy voqealardan biri”, deb atagan. Tom Kruz esa uning faoliyatini “mehnat, qatiyat va sport hamda madaniyatga global tasir haqidagi Gollivud hikoyasi”, deya tariflagan.

Marosim ananaviy qizil yölak örniga yaşil futbol maydoni uslubidagi yölakda ötkazilib, 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati şarafiga taşkil etilgan.

“Men doim orzu qiluvçi inson bölganman, ammo bunday şaraf oddiy ingliz futbolçisiga nasib etişini hatto tasavvur ham qilmaganman”, deydi Bekxem.

Uning aytişiça, bu voqea AQŞda 2026 yilgi Jahon çempionati oçilişi arafasida yuz bergani alohida ramziy ahamiyatga ega.

“Sönggi öttiz yil içida men sevgan sport turining bu mamlakatda qançalik rivojlanganini köriş juda muhim lahzadir”, deydi u.

2007 yildan boşlab olti mavsum davomida “Los Anjeles Galaksi” safida öynagan va hozirda “Inter Mayami” klubining hammuassisi hisoblangan Bekxem Tom Kruzga murojaat qilib, “Zamonamizning eng buyuk kino yulduzi bölgan döstim Tom Kruz qarşisida turiş haqiqatan ham hayratlanarli”, degan.

“Siz bizni 20 yil avval Los-Anjelesda kutib olgan edingiz va öşandan beri men uçun sadoqatli döst hamda ilhom manbai bölib kelyapsiz”, deya qöşimça qilgan u.

Keyinroq Bekxem va Tom Kruz boşqa maşhur şaxslar bilan birga Los-Anjeles stadionida bölib ötgan Jahon çempionatining oçiliş marosimida iştirok etgan. AQŞ terma jamoasi Paragvayni 4:1 hisobida mağlub etgan öyindan oldin Gollivud uslubidagi şou namoyiş qilingan.

Marosimda Leonardo DiKaprio, Helli Berri, Rob Lou, Ouen Uilson va Peris Xilton kabi maşhurlar ham qatnaşgan. AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa marosimda iştirok etmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq futbol böyiça Jahon çempionati rasman start olgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: