JÇ-2026 doirasida Braziliya darvozasini işğol qilgan marokaşlik Saybari Yevropaning TOP klubi bilan muzokara olib bormoqda — Romano
14-06-2026, 09:51
93 марта

JÇ-2026 doirasida Braziliya darvozasini işğol qilgan marokaşlik Saybari Yevropaning TOP klubi bilan muzokara olib bormoqda — Romano
Marokaş terma jamoasi yarim himoyaçisi Ismael Saybari "Bavariya"ga ötişi mumkin.
Bu haqda insayder Fabritsio Romano özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xabar berdi. Futbolçi Jahon çempionati — 2026 guruh bosqiçining 1-turida Braziliya terma jamoasi darvozasiga gol urgan edi (1:1). Uşbu uçraşuv AQŞning Ist-Raterford şahridagi "Metlayf" stadionida bölib ötdi.
Manbaning xabariga köra, Myunxen klubi ingliz futbolçisi Entoni Gordon bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanib, u "Barselona"ga ötib ketganidan söng, Saybari variantiga kirişgan.
Malum qilinişiça, PSV klubi Saybarini juda yuqori baholamoqda, "Bavariya" esa Niderlandiya klubidan transfer narxi böyiça yakuniy javobni kutmoqda.
Jurnalistning qöşimça qilişiça, Saybarining özi ham "Bavariya" safiga qöşilişni istamoqda. Futbolçilarning transfer qiymatiga ixtisoslaşgan maşhur Transfermarkt portali 25 yoşli öyinçini 40 million yevroga baholagan.