USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇ-2026 da mojaro: meksikalik amaldor ratsizm uçun işdan haydaldi

219 марта
ЖЧ-2026 да можаро: мексикалик амалдор рацизм учун ишдан ҳайдалди

Meksikaning Xalisko ştati Geodezist-muhandislar va geoinformatiklar assotsiatsiyasi prezidenti Ulises Bernal 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati uçraşuvida janubiy koreyalik strimer qiz bilan sodir bölgan voqeadan keyin lavozimidan böşatildi. Bu haqda “Vietnam.vn” xabar berdi.

Hodisa 12 iyun kuni Meksikaning Xalisko ştatida Janubiy Koreya va Çexiya terma jamoalari örtasidagi öyin paytida yuz bergan. TikTok va YouTube tarmoqlarida qariyb 9 million obunaçisi bölgan janubiy koreyalik strimer Yun Su Jin öz jamoasining ğalabasidan söng video suratga olayotgan bölgan. Şu payt uning orqasida ötirgan Bernal qöllari bilan közlarini qisib, “qisiq közlar”ni taqlid qilgan va kulib yuborgan. Ijtimoiy tarmoqlarning köplab foydalanuvçilari uşbu işorani irqçilik va haqoratli deb hisoblagan.

Elon qilingan kadrlarda bloger qiz öz ortida sodir bölayotgan voqeani payqab, hayratda qolganini köriş mumkin. Keyinçalik u ataylab Jahon çempionati uçun Meksikaga borganini va bunday munosabatga duç kelişni kutmaganini aytgan. 

“Men Jahon çempionatini tomoşa qiliş va irqçilikka duç keliş uçun dunyoning narigi çekkasidan keldim”, deb yozdi u.

Video millionlab marta körilganidan söng Bernal şaniga keskin tanqidlar yoğilgan. Xalisko ştati Geodezist-muhandislar va geoinformatiklar assotsiatsiyasi vakillari sodir bölgan voqeadan çuqur afsusda ekanliklarini bildirgan.

Taşkilotning malum qilişiça, uşbu masala Şon-şaraf va adolat qömitasi tomonidan körib çiqilgan. Surriştiruv yakunlariga köra, Bernalni işdan böşatiş haqida qaror qabul qilingan.

Röy bergan voqea internetda ham keng muhokamalarga sabab bölgan. Köplab meksikaliklar strimer qizdan uzr söragan va amaldorning xatti-harakatlari mamlakat aholisining pozitsiyasini aks ettirmasligini bildirgan. Şu bilan birga, foydalanuvçilarning bir qismi Meksikada bunday işoralar bazan boşqaça qabul qilinişini davo qilgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: