Meksikada dunyoning eng maşhur narkobaroni öldirildi
23-02-2026, 09:22
531 марта

Meksikada dunyoning eng maşhur narkobaroni öldirildi
Meksika armiyasi “Xalisko yangi avlodi” karteli rahbari Nemesio Osegera Servantesni (laqabi “El Menço”) yöq qildi. Bu haqda “Associated Pres” xabar berdi.Bu voqea Meksikadagi eng kuçli kartelga katta zarba deb baholanmoqda. Şuningdek, bu hukumatning narkosavdoga qarşi kuraşdagi yirik yutuği sifatida körilmoqda. Meksikaning Vaşingtondagi elçixonasi operatsiya haqida qöşimça malumotni AQŞ taqdim etganini bildirgan.
Operatsiya Meksikaning ğarbidagi Xalisko ştatida ötgan. Şu hudud kartelning asosiy bazasi hisoblanadi. Kartel AQŞga fentanil va kokain yetkazib beriş bilan şuğullangan.
Operatsiyadan keyin hududda ommaviy tartibsizliklar boşlangan. Yöllar tösilgan, maşinalar yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Xaliskodagi turistik şahar Puerto-Valyarta osmonida tutun kötarilayotgani aks etgan videolar tarqalgan. Şuningdek, ştat poytaxti Gvadalaxara aeroportida odamlar sarosima bilan qoçayotgani tasvirlangan lavhalar ham çiqqan.
Avvalroq, AQŞ Davlat departamenti El Mençoni qölga olişga yordam beruvçi malumot uçun 15 million AQŞ dollarigaça mukofot elon qilgan edi. AQŞ Adliya vazirligi malumotlariga köra, 2009 yilda tuzilgan uşbu kartel Meksikadagi eng şafqatsiz jinoiy tuzilmalardan biriga aylangan.