USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Meksikada 250 kişilik poyezd relsdan çiqib ketdi.

91 марта

Meksikada 250 kişilik poyezd relsdan çiqib ketdi.

Manba: Dimsum daily
Meksikaning Oaxaka ştatida poyezd relsdan çiqib ketişi oqibatida kamida 13 kişi halok böldi, qariyb 100 kişi jarohat oldi. Bu haqda Meksika harbiy-dengiz kuçlariga tayanib, BBC xabar berdi.

Malum qilinişiça, poyezd Meksika körfazi va Tinç okeani örtasida qatnovni amalga oşirayotgan bölgan. Uning tarkibida 241 nafar yölovçi va töqqiz nafar ekipaj azosi bölgan. Jarohatlanganlarning 36 nafari şifoxonaga yotqizilgan.


Rasmiylarga köra, poyezd Nizanda şahri yaqinidagi muyulişdan ötayotganda relsdan çiqib ketgan. Meksika boş prokuraturasi hodisa yuzasidan tergov boşlanganini tasdiqladi.

Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum jarohatlanganlarning beş nafari oğir ahvolda ekanini malum qildi. U yuqori lavozimli rasmiylar, jumladan, harbiy-dengiz kuçlari kotibi ham voqea joyiga yöl olganini aytdi.

Hodisa joyidan olingan suratlarda qutqaruvçilar relsdan çiqib, jarlik tomonga qiyşayib qolgan poyezddan yölovçilarga tuşişga yordam berayotgani aks etgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: