Bugun Jahon çempionatida törtta öyin bölib ötadi
Bugun, 15 iyun kuni 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati bahslari davom etadi. Kun doirasida futbol muxlislarini 4 ta uçraşuv kutib turibdi.
Öyinlar kunini Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari örtasidagi bahs boşlab beradi. Amaldagi Yevropa çempionlari hamda Jahon çempionati debyutanti hisoblangan jamoalar örtasidagi uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
Şundan söng, 16 iyunga ötar keçasi soat 01:00 da “G” guruhidan örin olgan Belgiya va Misr terma jamoalari özaro munosabatlarga oydinlik kiritadi.
Tonggi soat 04:00 da esa, “H” guruhining navbatdagi uçraşuvi – Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari örtasidagi bahs bölib ötadi.
Öyin kuni Eron hamda Yangi Zelandiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bilan yakunlanadi. Mazkur bahs Toşkent vaqti bilan ertalab soat 07:00 da boşlanadi. 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksika maydonlarida ötkazilmoqda. Musobaqada 48 ta terma jamoa iştirok etmoqda. Jamoalar har biri törttadan iborat 12 ta guruhga bölingan.
Eslatib ötamiz, öz tarixida ilk bor Jahon çempionatida iştirok etayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarşi mundialdagi debyut uçraşuvini ötkazadi. Meksikadagi maşhur “Atsteka” stadionida bölib ötadigan mazkur bahs Toşkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da boşlanadi.
Şundan söng, Fabio Kannavaroning şogirdlari 23 iyun kuni Portugaliyaga qarşi, 27 iyun kuni esa, Kongo Demokratik Respublikasiga qarşi maydonga tuşadi.