Özbekistonning JÇdagi ilk öyinini qaysi hakam boşqarişi aniq böldi
Angliyalik hakam Entoni Teylor Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatlari tarixidagi ilk uçraşuvini boşqaradi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
Unga hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nunn yordamçi hakam sifatida kömaklaşadi. Kosta-rikalik Haun Kalderon va Xuan Karlos Mora esa törtinçi hamda beşinçi rasmiy şaxs vazifasini bajaradi.
Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatidagi Kolumbiyaga qarşi tarixiy debyut uçraşuvida hakamlar brigadasiga tajribali ingliz referisi Entoni Teylor boşçilik qiladi.
Malumot uçun, öz tarixida ilk bor Jahon çempionatida iştirok etayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarşi mundialdagi debyut uçraşuvini ötkazadi. Meksikadagi maşhur “Atsteka” stadionida bölib ötadigan mazkur bahs Toşkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da boşlanadi.