USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kannavaro bosimni öz zimmasiga olmoqda – Fayzullayev

131 марта
Каннаваро босимни ўз зиммасига олмоқда – Файзуллаев

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro futbolçilarga mamlakat tarixidagi ilk Jahon çempionati oldidan yuzaga kelayotgan bosimni yengişda yordam bermoqda. Bu haqda terma jamoa yarim himoyaçisi Abbosbek Fayzullayev “Sport-Express” naşriga bergan intervyusida malum qildi. 

“Albatta, u öz tajribasini biz bilan bölişadi. Eng muhimi, u bosimni öz zimmasiga oladi. Kannavaro bizga bu kunlardan zavqlanişimiz kerakligini takidlaydi, çunki biz tarixdagi ilk Jahon çempionatimizda iştirok etyapmiz. U şunçaki öz öyinimizni körsatişimiz kerakligini aytadi, çunki yöqotadigan narsamiz yöq. Balki aynan şu holat bizga qöşimça ustunlik berar. Asosiy motivatsiyamiz esa xalqimizning jamoa bilan faxrlanişidir”, deydi Fayzullayev.

Fayzullayev guruhdagi raqiblar haqida gapirar ekan Portugaliya va Kolumbiya bilan birgalikda Kongo Demokratik Respublikasi ham kuçli jamoa ekanligiga töxtalgan.

“Qaysidir manoda Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalarga qarşi öynaş ham yaxşi. Ammo Kongo Demokratik Respublikasi ulardan kuçsiz deb ayta olmayman. Afrika jamoalari jismonan juda baquvvat va har qanday raqibga muammo tuğdira oladi. Menimça, barça uçraşuvlar qiyin keçadi. Nafaqat biz uçun, balki ular uçun ham. Çunki ular ham bizni yaxşi bilişmaydi va biz ularga syurpriz tayyorlaşimiz mumkin”, deydi u.

Fayzullayev Niderlandiya bilan örtoqlik uçraşuvi teram jamoa azolari uçun öziga bölgan işonçni oşirişga yordam berganini aytib ötgan.

“Niderlandiyaga qarşi öyinda özimizni sinab kördik va juda yuqori darajadagi futbolçilarga qarşi ham munosib öynay olişimizni his qildik. Frenki de Yong, Virjil van Deyk kabi futbolçilarga qarşi maydonga tuşdik. Bu uçraşuvdan keyin işonçimiz yanada ortdi. Endi kuraşga tayyor ekanimizni va raqiblarni hayratda qoldira olişimizni his qilyapmiz”, deydi futbolçi.

U Jahon çempionati oldidan körilgan tayyorgarlik juda qiyin bölganiga ham töxtalib ötgan.

“Agar barça futbolçilarimizdan sörasangiz, ular ham bu eng oğir yiğin bölganini aytişadi. Masalan, 25 may kuni AQŞga uçişimizdan oldingi maşğulot ikki yarim soat davom etdi. Bir maşğulotda töqqiz kilometr yugurdik. Bu juda katta yuklama. Klubda mavsum davomida bir maşğulotda odatda uç yarim-tört kilometr yugurardik. Bu safar esa bundan ikki baravar köproq yugurdik”, deydi Fayzullayev.

Şuningdek, Fayzullayev Jahon çempionatida Kriştianu Ronalduga qarşi öynaşni intiqlik bilan kutayotganini ham yaşirmagan.

“Albatta, juda ham kutyapman. Bolaligimda uning öyinlarini televizor orqali tomoşa qilardim va şunday uçraşuvni orzu qilardim. Men Messi muxlisiman, lekin Kriştianu ham menga juda yoqadi. Unga qarşi öynaş – katta orzu”, deydi u.

Özbekiston terma jamoasi turnirdagi birinçi uçraşuvini joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarşi ötkazadi. Keyingi bahslarda esa Fabio Kannavaro şogirdlari Portugaliya (23 iyun) va Kongo Demokratik Respublikasiga (28 iyun) qarşi maydonga tuşadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: