Duranglar kuni. Eron va Yangi Zelandiya ham durang öynadi
Bugun, 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “G” guruhidan örin olgan Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahsda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
AQŞning Inglvud şahridagi “SoFay” stadionida bölib ötgan bahsni meksikalik hakam Sesar Ramos Palasuelos boşqarib bordi. Öyinning 7-daqiqasida Yangi Zelandiya hujumçisi Elayja Jast hisobni oçgan bölsa, 33-daqiqada Eron himoyaçisi Ramin Rezaian muvozanatni tikladi.
Ikkinçi bölimning 55-daqiqasiga kelib Jast özining ikkinçi golini kiritib, Yangi Zelandiyani yana oldinga olib çiqdi. Biroq oradan köp ötmay, 64-daqiqada Muhammad Mohebi hisobni yana tenglaştirdi. Qolgan daqiqalarda jamoalar ğolibni aniqlay olmadi va bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Uşbu natijadan söng Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari öz hisoblariga bir oçkodan yozib qöyişdi. Etiborli jihati, “G” guruhida 1-tur yakunlariga köra barça törtta jamoa ham bir oçkodan jamğarib, bir xil holatda turibdi.
Endilikda guruhning 2-turida Eron Belgiyaga qarşi maydonga tuşadi, 3-turda esa Misr bilan kuç sinaşadi. Yangi Zelandiya navbatdagi turda Misrga qarşi bahs olib borsa, guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini Belgiyaga qarşi ötkazadi.