Oyarsabal JÇ tarixida öziga xos antirekord qayd etdi
Ispaniya terma jamoasi hujumçisi Mikel Oyarsabal Jahon çempionatlari tarixida öziga xos antirekordni qayd etdi. Bu haqda Opta statistika platformasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Ispaniyaning 2026 yilgi Jahon çempionatidagi Kabo-Verdega qarşi ilk uçraşuvida Oyarsabal öyinning dastlabki 30 daqiqasi davomida biror marta ham töpga tegmagan. Şu tariqa, u mundiallar tarixida bunday natija qayd etgan birinçi futbolçiga aylangan.
29 yoşli hujumçi Ispaniya milliy terma jamoasi safida hozirgaça 54 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 25 ta gol urgan. U klub miqyosida “Real Sosedad” şarafini himoya qiladi.
Malumot uçun, Ispaniya terma jamoasi mundialning ilk uçraşuvida Jahon çempionati debyutanti Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang öynadi. Endilikda ispanlar guruh bosqiçidagi keyingi uçraşuvlarini Saudiya Arabistoni (21 iyun) va Urugvay (27 iyun)ga qarşi ötkazadi.