Kabo-Verde darvozabonining obunaçilari soni portladi
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya 2026 yilgi Jahon çempionatida Ispaniyaga qarşi muvaffaqiyatli öyindan söng ijtimoiy tarmoqlarda katta maşhurlikka erişdi.
Keça, 15 iyun kuni Kabo-Verde öz tarixida ilk bor Jahon çempionatining final bosqiçida maydonga tuşdi va amaldagi Yevropa çempioni Ispaniya bilan 0:0 hisobida durang öynadi. AQŞning Atlanta şahrida bölib ötgan “H” guruhi bahsida 40 yoşli Vozinya 7 ta seyv amalga oşirib, uçraşuvning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
Öyindan avval darvozabonning Instagram sahifasida 46 ming nafar obunaçi mavjud edi. Ispaniyaga qarşi bahsdan keyin esa uning kuzatuvçilari soni keskin oşib, ayni damda 5,2 million nafarga yetdi va bu körsatgiç oşib bormoqda.
Uçraşuvdan söng, dunyoning turli mamlakatlaridan 10 minglab futbol muxlislari Vozinyaga qöllab-quvvatlov bildirib, uni ajoyib öyini bilan tabrikladi. Darvozabonning Ispaniyaga qarşi körsatgan işonçli harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.