Gennadiy Golovkin Xalqaro boks şon-şaraf zaliga kiritildi
Qozoğistonlik boks afsonasi Gennadiy Golovkin rasman Xalqaro boks şon-şaraf zaliga kiritildi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi MOQ malumotiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.
AQŞning Nyu-York ştati Kanastota şahrida ötkazilgan marosimda Golovkin IBHOF azoligiga qabul qilindi. Şu tariqa u uşbu nufuzli klubga kirgan Qozoğistonning birinçi sportçisi böldi.
“Uning sportdagi yutuqlarining etirofi uni öz davrining eng kuçli boksçilaridan biri sifatidagi maqomini yanada mustahkamladi. Gennadiy Golovkin professional boksdagi ilk urinişi bilanoq IBHOF’ga kiritildi. Endi uning nomi Muhammad Ali, Mayk Tayson, Floyd Meyvezer va Menni Pakyao kabi afsonalar qatorida tilga olinadi”, deyiladi xabarda.
Takidlanişiça, Golovkinning etirofi uning noyob statistik natijalariga ham asoslanadi. Havaskor boksdagi faoliyati davomida u 350 jangning 345 tasida ğalaba qozongan. Professional ringda esa Golovkin 45 ta jang ötkazib, 42 ta ğalabaga erişgan, ularning 37 tasi nokaut bilan yakunlangan. U faoliyati davomida WBA, WBC, IBF va IBO çempionlik kamarlarini qölga kiritgan hamda uzoq vaqt davomida jahonning vaznidan qati nazar reytingida yetakçilar qatorida bölgan.