Futbolning eng katta syurprizlari
Futbol tarixida Jahon çempionati nafaqat çempionlarni aniqlaydigan musobaqa, balki millionlab muxlislarni hayratga soladigan sensatsiyalar sahnasi sifatida ham yodda qolgan. Har tört yilda bir marta ötkaziladigan bu turnirda favoritlar kutilmagan mağlubiyatlarga uçragan, kamtarona jamoalar esa futbol gigantlarini tiz çöktirib, tarix sahifalariga öz nomini muhrlagan kabi holatlarni heç bölmasa bir marta kuzatamiz. Bunga yorqin misol Kabo-Verde. Özbekiston singari Jahon çempionati debyutantlari ilk öyinda Yevropa çempionlari Ispaniyadan oçko olişga erişdi.
Futbol tarixida esa, bunday holatlar deyarli har galgi turnirda sodir böladi. Faqat ayrim holatlarda bu natijalar tasodif deb baholangan bölsa, boşqalari butun boşli avlodlar xotirasida öçmas iz qoldiriş sifatida baholanadi. Angliyaning havaskor futbolçilardan tuzilgan guruhi AQŞ jamoasiga yutqazişi, Ferents Puşkaş boşçiligidagi qudratli Vengriyaning finalda mağlub bölişi, Argentina va Germaniya kabi jahon çempionlarining kutilmagan qulaşi yoki Saudiya Arabistonining Lionel Messi yetakçiligidagi Argentina ustidan qozongan ğalabasi şular jumlasidandir.
Hozir esa, Jahon çempionati tarixidagi eng yirik sensatsiyalarga nazar taşlaymiz. Ularning ayrimlari futbolning eng maşhur ertaklariga aylangan bölsa, bazilari butun mamlakatlar uçun milliy fojia sifatida qabul qilingan. Biroq ularning barçasini bir jihat birlaştirib turadi – Jahon çempionatida heç narsa oldindan hal bölmaydi.
AQŞ – Angliya 1:0 (1950)
1950 yilgi Jahon çempionatidagi AQŞ va Angliya örtasidagi uçraşuv futbol tarixidagi eng katta sensatsiyalardan biri sifatida etirof etiladi. Uruşdan keyingi davrda Angliya terma jamoasi turnirning asosiy favoritlaridan biri sanalgan. Jamoa tarkibida Tom Finni, Billi Rayt va Alf Remzi kabi yulduzlar bor edi. AQŞ terma jamoasi esa professional futbolçilardan emas, balki oddiy kasb egalari – öqituvçi, xat taşuvçi va hatto idiş yuvuvçilardan taşkil topgan jamoa sifatida turnirga kelgandi. Köpçilik bu bahsni Angliya uçun oson sayr deb hisoblagan. Biroq öyin kutilmagan stsenariy böyiça rivojlangan. 38-daqiqada Jo Gayetjens boş bilan gol urib, amerikaliklarni oldinga olib çiqdi. Qolgan vaqt davomida angliyaliklar ketma-ket hujum qildi, ammo AQŞ darvozaboni Frank Borgi fantastik öyin namoyiş etib, raqibning barça urinişlarini bartaraf etgan. Yakunda AQŞ 1:0 hisobida ğalaba qozonib, Jahon çempionatlari tarixidagi eng maşhur möjizalardan biriga mualliflik qilgan.
Ğarbiy Germaniya – Vengriya 3:2 (1954)
1954 yilgi Jahon çempionati finali tarixga “Bern möjizasi” nomi bilan kirgan. Vengriya öşa paytda dunyo futbolining mutlaq hukmdori edi. Ferents Puşkaş boşçiligidagi “Qudratli majarlar” ketma-ket ğalabalar seriyasi bilan turnirning asosiy favoriti hisoblangan. Guruh bosqiçida vengerlar Ğarbiy Germaniyani 8:3 hisobida mağlub etgan, şuningdek Janubiy Koreya darvozasiga 9 ta javobsiz gol urgan edi. Finalda ham Vengriya ilk sakkiz daqiqa içida ikki gol urib, navbatdagi yirik ğalabaga yaqin turgandi... Biroq nemislar taslim bölişmagan. Ular tez orada hisobni tenglaştirdi va bahs oxirigaça kuraşni davom ettirgan. 84-daqiqada Xelmut Ran hal qiluvçi golni kiritib, Ğarbiy Germaniyaga tarixdagi ilk jahon çempionligini taqdim etadi. Bu natija futbol tarixidagi eng hayratlanarli finallardan biri sifatida hanuzgaça eslanadi.
Şimoliy Koreya – Italiya 1:0 (1966)
1966 yilgi Jahon çempionatida Şimoliy Koreyaning iştirokining öziyoq köpçilik uçun kutilmagan voqea bölgan. Biroq osiyoliklar turnir tarixidagi eng katta sensatsiyalardan biriga mualliflik qilişlarini heç kim tasavvur qilmagan.
Italiya öşa paytda ikki karra jahon çempioni sifatida maydonga tuşgan bölsa, Şimoliy Koreya debyutant hisoblanardi. Uçraşuv davomida italiyalik yarim himoyaçi Jakomo Bulgarelli jarohat olişi va öşa davrda almaştirişlarga ruxsat berilmagani sababli jamoa ön kişi bölib qoldi.
Uçraşuvning 43-daqiqasida Pak Du Ik Şimoliy Koreyaliklarning tarixiy golini kiritadi. Italiya ikkinçi bölimda qança urinmasin, hisobni özgartira olmadi. Natijada Şimoliy Koreya 1:0 hisobida ğalaba qozonib, Italiyani musobaqadan çiqarib yubordi. Bu natija hozirgaça Jahon çempionatlari tarixidagi eng katta sensatsiyalardan biri sifatida tilga olinadi.
Jazoir – Ğarbiy Germaniya 2:1 (1982)
1982 yilgi Jahon çempionatida Jazoir futbol tarixidagi eng yorqin sensatsiyalardan birini sodir etdi. Ğarbiy Germaniya amaldagi Yevropa çempioni sifatida turnirning asosiy favoritlari qatorida etirof etilardi. Tarkibda Karl-Haynts Rummenigge, Lotar Matteus va Hans Peter Brigel kabi yulduzlari bor. Afrikaliklar esa birinçi marta Jahon çempionatida iştirok etayotgan jamoalardan biri sifatida körilgan.
54-daqiqada Raboh Majer hisobni oçib, nemislarni şok holatiga tuşiradi. Rummenigge hisobni tenglaştirganidan keyin ham Jazoir çekinmadi. Oradan köp ötmay Laxdar Bellumi hal qiluvçi golni kiritdi. 2:1 hisobidagi ğalaba nafaqat Afrika futboli, balki butun Jahon çempionatlari tarixi uçun unutilmas voqeaga aylandi.
Kamerun – Argentina 1:0 (1990)
1990 yilgi Jahon çempionatining oçiliş uçraşuvida amaldagi jahon çempioni Argentina Kamerunga qarşi maydonga tuşdi. Diyego Maradona boşçiligidagi argentinaliklar nafaqat bahsning, balki butun turnirning asosiy favoritlaridan biri sifatida qaralar edi. Kamerun esa, Afrikadan kelgan kamtarona jamoa sifatida baholanar, köpçilik ularning imkoniyatini past baholardi. Uçraşuv Milandagi afsonaviy “San-Siro” stadionida bölib ötdi.
Argentina öyinni faol boşlagan, ammo vaqt ötgan sayin kamerunliklar öz kuçiga işona boşlagan va 67-daqiqada Fransua Oman-Biyik boşi bilan zarba berib, hisobni oçadi. Amaldagi çempion Argentina esa, öyin yakuniga qadar bu golga javob berolmaydi. Kamerun 1:0 hisobida ğalaba qozonib, turnirning ilk kunlaridayoq butun futbol olamini hayratda qoldirdi. Keyinçalik afrikaliklar çorak finalgaça yetib borib, öşa paytda qita futbolining eng yaxşi natijasini qayd etadi.
Senegal – Frantsiya 1:0 (2002)
2002 yilgi Jahon çempionatining oçiliş bahsida amaldagi jahon va Yevropa çempioni Frantsiya debyutant Senegalga qarşi maydonga tuşdi. Frantsuzlar tarkibi yulduzlarga töla bölib, yana çempionlik uçun asosiy davogarlardan biri hisoblanardi. Senegal esa öz tarixida ilk bor Jahon çempionatida iştirok etayotgan terma jamoa edi.
Senegal futbolçilari yuqori tezlik va jismoniy tayyorgarlik hisobiga raqibni qiynab qöyadi. Uçraşuvning 30-daqiqasida Papa Buba Diop hisobni oçadi va bu gol öyin taqdirini hal qiladi. Frantsiya qança urinmasin, hisobni tenglaştira olmaydi. Natijada Senegal tarixiy ğalabaga erişadi. Keyinçalik afrikaliklar çorak finalgaça yetib borib, Kamerundan keyin bu bosqiçga çiqqan ikkinçi Afrika jamoasiga aylandi.
Germaniya – Braziliya 7:1 (2014)
2014 yilgi Jahon çempionatining mezboni bölgan Braziliya uçun turnir çempionligi katta orzu edi. Millionlab muxlislar öz yurtida oltinçi çempionlik nişonlanişini intiqlik bilan kutayotgandi va bunga yaqin ham edi, mamlakat terma jamoasi musobaqaning yarim finaliga qadar yetib keldi. Biroq Germaniyaga qarşi bahs futbol tarixidagi eng şov-şuvli natijalardan biriga aylandi. Jarohat olgan Neymar va diskvalifikatsiya qilingan Tiago Silvasiz qolgan braziliyaliklar öyinni juda oğir boşladi. 11-daqiqada Germaniya hisobni oçdi. Keyin esa, haqiqiy halokat boşlandi. 23 va 29-daqiqalar oraliğida nemislar tört marta gol urdi. Natijada yarim soat ham ötmay hisob 5:0 körinişiga keldi.
Ikkinçi bölimda ham Germaniya yana ikki bor gol urdi. Braziliya esa, faqat bahs oxirida bitta javob golini kiritişga muvaffaq böldi. 7:1 hisobi Braziliya futboli tarixidagi eng oğir mağlubiyatlardan biri bölib qoldi. Bu uçraşuv mamlakatda “Mineyrau fojiasi” nomi bilan maşhur böldi.
Niderlandiya – Ispaniya 5:1 (2014)
2014 yilgi Jahon çempionatining yana bir katta sensatsiyasi Van Gal boşçiligidagi Niderlandiyaning amaldagi jahon çempioni Ispaniyani yirik hisobda mağlub etişi böldi.
2010 yilgi final iştirokçilari bu gal guruh bosqiçida yana bir bor özaro töqnaş keldi. Uçraşuv boşida hammasi Ispaniya rejasi böyiça ketayotgandek körindi. Xabi Alonso penaltidan hisobni oçdi.
Biroq birinçi bölim oxirida Robin van Persi futbol tarixidagi eng gözal gollardan birini kiritdi. U jarima maydoni taşqarisidan boşi bilan darvoza törini işğol qildi. Bu gol keyinçalik turnirning ramzlaridan biriga aylandi.
Ikkinçi bölimda gollandlar raqibni butunlay tor-mor etdi. Aren Robben va uning hamkasblari yana 4 ta gol urib, Ispaniyani 5:1 hisobida mağlub etdi. Bu amaldagi jahon çempionlarining mundiallardagi eng oğir mağlubiyatlaridan biri bölib qoldi.
Janubiy Koreya – Germaniya 2:0 (2018)
2018 yilgi Jahon çempionatida amaldagi çempion Germaniya guruh bosqiçida muammolarga duç keldi. Sönggi tur oldidan nemislarga pley-offga çiqiş uçun Janubiy Koreyani mağlub etiş kifoya edi. Koreyaliklar esa ikki mağlubiyatdan söng deyarli barça imkoniyatlarini yöqotgan holda maydonga tuşdi. Uçraşuv uzoq vaqt davomida golsiz keçdi va köpçilik Germaniya baribir ğalaba golini kiritadi deb oxirigaça işondi. Biroq qöşimça vaqtda sensatsiya röy berdi. 92-daqiqada Kim Yon Gvon hisobni oçdi. Germaniya bor kuçini hujumga taşladi, hatto darvozabon Manuel Noyer ham raqib yarm maydoniga ötib ketdi.
Oradan köp ötmay Son Xin Min böş qolgan darvozani işğol qilib, hisobni 2:0 körinişiga keltirdi. Bu natija Germaniyani musobaqadan çiqarib yubordi. Nemislar 1938 yildan beri birinçi marta Jahon çempionati guruh bosqiçidan öta olmadi.
Saudiya Arabistoni – Argentina 2:1 (2022)
2022 yilgi Qatar mundialidagi eng katta sensatsiya Saudiya Arabistonining Argentina ustidan qozongan ğalabasi böldi. Lionel Messi boşçiligidagi argentinaliklar turnirga 36 öyinlik mağlubiyatsiz seriya bilan kelgan va çempionlik uçun asosiy favoritlardan biri sanalgandi.
Öyin kutilganidek boşlandi. 10-daqiqada Messi penaltidan hisobni oçdi va hammasi Argentina uçun oson keçayotgandek körindi. Biroq ikkinçi bölim boşlanişi bilan öyin butunlay özgardi. 48-daqiqada Soleh aş-Şehri hisobni tenglaştirdi. Oradan 5 daqiqa ötib esa, Salem ad-Davsari ajoyib gol urib, Saudiya Arabistonini oldinga olib çiqdi.
Qolgan vaqtda saudiyaliklar qahramonona himoyalanib, tarixiy ğalabani saqlab qolişdi. Garçi Argentina keyinçalik çempionlikni qölga kiritgan bölsa-da, bu bahs mundiallar tarixidagi eng yirik sensatsiyalardan biri sifatida muhrlandi.
Yuqorida eslab ötilgan voqealar şuni körsatadiki, futbolda nomlar, reytinglar va yulduzlar tarkibi har doim ham hal qiluvçi ahamiyatga ega emas. Mundial sahnasida bazan bir gol, bir xatolik, bir qahramonlik yoki bir jasur jamoa butun dunyo kutgan stsenariyni özgartirib yuborişi mumkin. Şuning uçun ham Jahon çempionati nafaqat eng nufuzli futbol musobaqasi, balki eng kutilmagan natijalar kuzatiladigan turnir sifatida qadrlanadi.
Ayniqsa, kiçik deb hisoblangan terma jamoalarning katta favoritlarga qarşi jasorat bilan harakat qilişi Jahon çempionatining betakror jozibasini yaratadi. Çunki bu turnirda bazan bir mamlakatning butun futbol tarixi bitta öyin içida özgarib ketişi mumkin. Sensatsiyalar nafaqat natija, balki yangi qahramonlar, yangi avlodlar va yangi orzularni ham tuğdiradi.
Bugungi kunda Özbekiston milliy terma jamoasi ham ana şunday orzular bilan öz tarixidagi ilk Jahon çempionatidagi ilk uçraşuvi oldida turibdi. Favoritlar qatorida bölmasligi mumkin, ammo Mundial tarixi şundan dalolat beradiki, katta natija qayd etiş uçun har doim ham eng kuçli jamoa böliş şart emas. Tarixdagi eng maşhur sensatsiyalarning aksariyati ham aynan heç kim işonmagan paytda sodir bölgan.
Şu bois, Özbekistonning ilk Jahon çempionati nafaqat iştirok etiş, balki öz sahifasini yoziş imkoniyatidir. Balki yillar ötib, bugungi musobaqa haqida gap ketganda, dunyo futbol muxlislari eng yorqin sensatsiyalar qatorida özbek futboli haqida ham söz yuritar.