USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston pley-off uçun kuraşa olişiga umid qilaman – Koloskov

104 марта
Ўзбекистон плей-офф учун кураша олишига умид қиламан – Колосков

Özbekiston milliy terma jamoasi katta şov-şuvga sabab bölmasligi mumkin, ammo 2026 yilgi Jahon çempionati pley-off bosqiçiga çiqiş uçun kuraşa oladi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqining faxriy prezidenti Vyaçeslav Koloskov TASS agentligiga bergan intervyusida malum qildi. 

“Agar Kabo-Verde, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi jamoalar Jahon çempionatida iştirok etayotgan bölsa, nega Özbekiston yaxşi saviya namoyiş etmasligi kerak? Özbekistonda yaxşi futbol maktabi bor, “Paxtakor” kabi klub mavjud, köplab iqtidorli futbolçilar yetişib çiqqan va futbol ananalari şakllangan. Albatta, sensatsiya bölişi qiyin, ammo Özbekiston terma jamoasi pley-off uçun kuraşa olişiga umid qilaman”, deydi Koloskov.

Özbekiston terma jamoasi öz tarixida ilk bor Jahon çempionati final bosqiçiga yöllanma oldi. 2026 yilgi mundialda özbekistonliklar Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi joy olgan “K” guruhida iştirok etadi. Terma jamoa musobaqadagi birinçi uçraşuvini joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarşi ötkazadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Jaloliddin Maşaripov jarohati sababli Jahon çempionatida iştirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: