Özbekiston MTJ Meksikaga yetib bordi
Bugun, 17 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati doirasidagi ilk uçraşuvni ötkaziş uçun Meksikaga yetib bordi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarşi Jahon çempionatidagi dastlabki uçraşuvini ötkazadi. Uşbu bahs Toşkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da boşlanadi. Şundan söng, terma jamoa Xyustonda 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Atalantada Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.
Agar Özbekiston terma jamoasi guruhda birinçi örinni egallaydigan bölsa pley-off bosqiçida “D”,“E”,“I” va “J” guruhlaridagi ehtimoliy 3 örin egalarining biri bilan töqnaş keladi. Fabio Kannavaro şogirdlari guruhda 2 örinni egallagan taqdirda Angliya, Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari guruhidagi 2-örin sohibi bilan bahs olib boradi. Bordiyu 3-örin bilan pley-offga çiqiş nasib qilsa, yuqoridagi nomi tilga olingan jamoalar örin egallagan guruh yetakçisi Özbekistonga raqiblik qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Jaloliddin Maşaripov jarohati sababli Jahon çempionatida iştirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.