Bugun yana bir yulduz JÇdagi iştirokini boşlaydi
Bugun, 17 iyun kuni Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatida kuraşga qöşiladi. Kriştianu Ronaldu yetakçiligidagi jamoa Jahon çempionati kubogini qölga kiritiş uçun yölni guruh bosqiçidagi iştirokini Kongo Demokratik Respublikasiga qarşi bahs bilan boşlaydi.
Afrikaliklar öz tarixida ikkinçi marta mundialga yöllanma olgan bölib, haligaça Jahon çempionatlaridagi ilk goli va oçkosini qölga kiritmagan.
Portugaliyaning Jahon çempionatlaridagi eng yaxşi natijasiga erişganiga 60 yil böldi. Jamoa 1966 yil Angliyada bölib ötgan mundialda Eysebio boşçiligida bronza medallarini qölga kiritgan. Şundan beri portugallar bir neça bor mundialda yuqori natijalar qayd etgan bölsa-da, 2006 yilda faqat bir marta yarim finalgaça yetib borişga muvaffaq bölgan. 2022 yil Qatardagi Jahon çempionatida esa guruh bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, 1/8 finalda Şveytsariyani 6:1 hisobida mağlub etgan jamoa çorak finalda Marokaşga mağlub bölib, musobaqani tark etgandi.
Portugaliya sönggi yillarda xalqaro maydonda muayyan muvaffaqiyatlarga erişdi. Jamoa 2016 yilgi Yevropa çempionatida ğolib çiqqan bölsa, keyinçalik UEFA Millatlar ligasi boş sovrinini ham qölga kiritdi.
Hozirgi tarkib ham katta umid uyğotmoqda. Vitinya, Joau Neveş va Nuno Mendeş kabi futbolçilar PSJ safida ketma-ket mavsumlarda Çempionlar ligasida muvaffaqiyatli iştirok etdi. Brunu Fernandeş esa “Mançester Yunayted” safida yetakçilardan biri bölib qolmoqda.
Albatta, asosiy etibor Kriştianu Ronalduga qaratilgan. U faoliyati davomida Jahon çempionatlarining beşta turli musobaqasida – 2006, 2010, 2014, 2018 va 2022 yillarda gol urgan yagona futbolçi hisoblanadi. Endi esa u uşbu rekordni yanada yaxşilaş imkoniyatiga ega. Biroq Ronalduning mundiallardagi sakkizta golidan heç biri pley-off bosqiçida kiritilmagan.
Portugaliya uçun bu mundial yana bir jihatdan alohida ahamiyatga ega. Agar jamoa “K” guruhida birinçi örinni egallasa, keyingi bosqiç bahsi joriy yilning 3 iyul kuniga töğri keladi. Bu sana yaqinda avtohalokat oqibatida vafot etgan portugaliyalik hujumçi Diogu Jotaning xotirasi bilan boğliq.
“Liverpul”ning sobiq hujumçisi bölgan Jota milliy jamoa bilan UEFA Millatlar ligasidagi ğalabadan köp ötmay hayotdan köz yumgandi.
Malumotlarga köra, Portugaliya futbolçilari mundial bahslarida uning xotirasiga bağişlab maxsus qora boğiç taqib maydonga tuşişni rejalaştirgan.
Portugaliya terma jamoasi uçun joriy yilgi musobaqa Ronaldu avlodi uçun Jahon çempionati kubogini qölga kiritiş böyiça sönggi imkoniyatlardan biri sifatida ham qaralmoqda.
Portugaliya va Kongo terma jamoalari örtasidagi bahs bugun, 17 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da AQŞdagi “Xyuston” stadionida start oladi. Toşkent vaqti bilan 18 iyun tongida – soat 7:00 esa Özbekiston terma jamoasi Meksikada Kolumbiyaga qarşi bahs olib boradi.