Husanov “Oltin töp”ni yutişi mumkin – Aşurmatov
Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Rustamjon Aşurmatov terma jamoadagi şerigi, “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanovni kelajakda “Oltin töp”ni qölga kiritişi mumkinlini aytib ötdi. Bu haqda Aşurmatov “Sport-Ekspress” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Husanovning ösişidan hayratlanganim yöq. Çunki men uni “Bunyodkor” asosiy jamoasida öynayotgan paytimdan bilaman, u esa akademiyada tahsil olardi. Öşanda uning kelajagi bunday bölişini tasavvur qilmaganman, ammo hozirgi natijalariga hayron emasman. Eng muhimi, uning salohiyati bundan ham yuqori. Men unga Angliyada, Yevropada va dunyoda eng yaxşi futbolçilardan biri bölişini tilayman”, deydi Aşurmatov.
Şuningdek, Rustam Abduqodirni hali yana ösişga qodir ekanligini va kelajakda “Oltin töp”ni ham yutişi mumkinligini ham aytib ötgan.
“Albatta, hozir körib turganimiz uning eng yuqori nuqtasi emas. U hatto “Oltin töp”ni ham yutişi mumkin. Men unga “Mançester Siti”ga ötişidan avval ham, “Lans”da öynagan paytida ham qattiq işonganman. U Frantsiyada juda yaxşi öyin körsatgandi”, deydi futbolçi.
Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatidagi ilk uçraşuvini ertaga, 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarşi ötkazadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 7:00 Meksikadagi “Atsteka” stadionida bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, uşbu öyin munosabati bilan ertaga barça davlat taşkilotlarida iş vaqtini soat 10:00 da boşlanişi haqida xabar berilgandi.