USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Futbolçilarimiz irodasini yaqqol namoyon etdi – Şavkat Mirziyoyev

140 марта
Футболчиларимиз иродасини яққол намоён этди – Шавкат Мирзиёев

Özbekistonlik futbolçilar Jahon çempionatidagi Kolumbiyaga qarşi keçgan ilk öyinda özining kuçli xarakterini körsatdi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 18 iyun kuni Xorijiy investorlar kengaşining navbatdagi yalpi yiğilişida söz oçdi.

“Özbekiston uçun tarixiy kun. Murosasiz, juda qizğin keçgan öyinda futbolçilarimiz jahon mundialida birinçi marta juda katta tajribali jamoaga qarşi özining kuçli xarakterini körsatdi. Oson emas, birinçi marta 34 yil biz kutgan voqea böldi. Şuning uçun kuçli xarakteri, jismoniy tayyorgarligi va irodasini yaqqol namoyon etdi desak, bu ham töğri. Biz uçun çempionatdagi birinçi golimiz – bu ham ğalaba”, deydi Özbekiston Prezidenti.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev fidoiy yoşlar Özbekistonning haqiqiy qahramonlari ekanini qayd etgan.

“Bir narsani aytmoqçimanki, biz vatanparvar va fidoiy yoşlarimiz bilan faxrlanamiz va ular hozirgi Özbekistonning haqiqiy qahramonlari. Hali oldimizda juda köp imkoniyatlar borligini özlaring kördilaring. Farzandlarim, qahramonlarim köp narsaga qodir ekanliklarini ham bildirdi. Şuning uçun faqat omad tilaymiz biz. Olğa, Özbekiston”, deydi Özbekiston yetakçisi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi öz tarixidagi ilk Jahon çempionati uçraşuvida maydonga tuşgani haqida xabar berilgan edi. Unda Fabio Kannavaro şogirdlari Kolumbiyaga qarşi bahs olib borib, 1:3 hisobida mağlubiyatga uçradi. Ikkinçi bölimning 60-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev Özbekiston futboli tarixidan örin oldi. Yarim himoyaçi Kolumbiya darvozasini işğol qilib, milliy terma jamoaning Jahon çempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi va hisobni tenglaştirdi.

Endilikda Özbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqiçidagi navbatdagi uçraşuvini joriy yilning 23 iyun kuni Xyuston şahrida Portugaliyaga qarşi ötkazadi. Kannavaro şogirdlari uçinçi turda esa 27 iyun kuni Atlanta şahrida Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: