«Ustyurtda juda katta gaz zaxirasi topildi» — Şavkat Mirziyoyev
15-09-2025, 18:20
559 марта

«Ustyurtda juda katta gaz zaxirasi topildi» — Şavkat Mirziyoyev
Şavkat Mirziyoyev mamlakat sanoati tarixida birinçi marta 6,5 ming metr yer qarini burğulaş orqali juda katta gaz zaxirasi topilganini malum qildi. Şuningdek, prezident dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10–15 foizi mintaqaga töğri kelişini qayd etdi.Qoraqalpoğistondagi Ustyurt platosida juda katta gaz zaxirasi topildi, deya malum qildi Şavkat Mirziyoyev 15 sentyabrdagi muloqotda.«Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv işlari faqat 2,5–3 ming metr çuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinçi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qarini burğulab, juda katta gaz zaxirasi topildi», – dedi davlat rahbari.
Prezidentning takidlaşiçça, «törtinçi sanoat inqilobi»ni amalga oşiriş uçun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir neça karra köpaymoqda. «Tahlillarga köra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10−15 foizi mintaqamizga töğri keladi», – deya qöşimça qildi u.
«Uşbu ulkan resurslarni yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotga aylantiriş uçun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak», – dedi prezident.