Fayzullayev JÇda gol uriş böyiça noodatiy rekord örnatdi
Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Abbosbek Fayzullayev XXI asrda bölib ötgan Jahon çempionatlarida boş bilan gol urgan eng past böyli futbolçi sifatida rekord örnatdi. Bu haqda “Opta” statistika platformasi xabar berdi.
Böyi 167 santimetr bölgan 22 yoşli Abbosbek Fayzullayev bugun, 18 iyun kuni JÇ-2026 guruh bosqiçi doirasida Kolumbiyaga qarşi keçgan uçraşuvda (1:3) Özbekistonning yagona goliga mualliflik qildi. Uşbu boş bilan yöllangan zarba orqali yarim himoyaçi bundan avval urugvaylik Jorjian de Arraskaetaga (böyi 173 sm) tegişli bölgan rekordni yangiladi. Arraskaeta JÇ-2022 doirasida Gana darvozasiga boş bilan gol urgan.
Malumot uçun, Jahon çempionatida debyut qilayotgan Özbekiston terma jamoasi uşbu turnirga yöllanma olgan Markaziy Osiyodagi ilk jamoa böldi. Ular mundial yöllanmasini Osiyo saralaş bosqiçida Eronga bor-yöği ikki oçko (23) imkoniyatni boy berib, ikkinçi örinni egallagan holda qölga kiritgandi.
Özbekiston navbatdagi uçraşuvini 23 iyun kuni Portugaliyaga qarşi ötkazadi. Ikkala jamoa ham Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari bilan birgalikda “K” guruhidan joy olgan.
Jahon çempionati tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa iştirokida uçta mamlakat – AQŞ, Kanada va Meksika hududlarida bölib ötmoqda. Turnir 19 iyul kuni yakuniga yetadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining 1-turida Kolumbiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritib, Özbekistonning mundiallardagi ilk goli muallifiga aylangani haqida xabar berilgan edi. Uşbu öyindagi mağlubiyatga qaramay Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev futbolçilarni qöllab-quvvatladi va birinçi golning özi ham ğalaba ekanini aytdi.