Özbekiston JÇni mağlubiyat bilan boşladi
18-06-2026, 09:14
273 марта

Özbekiston JÇni mağlubiyat bilan boşladi
Bugun, 18 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi öz tarixidagi ilk Jahon çempionati uçraşuvida maydonga tuşdi. Unda Fabio Kannavaro şogirdlari Kolumbiyaga qarşi bahs olib borib, 1:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.Meksikadagi maşhur “Atsteka” stadionida bölib ötgan uçraşuvda hisob 41-daqiqada oçildi. Kolumbiya terma jamoasi himoyaçisi Daniel Munos janubiy amerikaliklarni oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölimning 60-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev Özbekiston futboli tarixidan örin oldi. Yarim himoyaçi Kolumbiya darvozasini işğol qilib, milliy terma jamoaning Jahon çempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi va hisobni tenglaştirdi.
Biroq oradan olti daqiqa ötib, Luis Dias Kolumbiyaning ikkinçi golini kiritdi. 90+8 daqiqada Qolgan vaqt davomida hisob özgarmadi va bahs Kolumbiyaning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Guruhning ikkinçi uçraşuvida Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari 1:1 hisobida durang öynadi.
Şu tariqa, birinçi turdan söng Kolumbiya 3 oçko bilan “K” guruhida yakka peşqadamga aylandi. Portugaliya va Kongo DR hisobida bir oçkodan mavjud. Özbekiston esa oçkosiz qoldi.
Endilikda Özbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqiçidagi navbatdagi uçraşuvini joriy yilning 23 iyun kuni Xyuston şahrida Portugaliyaga qarşi ötkazadi. Kannavaro şogirdlari uçinçi turda esa 27 iyun kuni Atlanta şahrida Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.